So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

"Navbahor" farm va U-21 jamoalari uchun zamonaviy qarorgoh barpo etildi Yangiliklar

"Navbahor" farm va U-21 jamoalari uchun zamonaviy qarorgoh barpo etildi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqovning tashabbusi va say-harakatlari bilan To'raqo'rg'ondagi "Yoshlik" stadionida "Navbahor"ning farm hamda U-21 yoshlar jamoalari uchun zamonaviy uslubda yangi qurib bitkazilgan, barcha sharoitlarga ega qarorgohning ochilish marosimi o'tkazildi.



Bugungi ochilish marosimiga "Navbahor" vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatov boshchiligidagi "Navbahor" klubi rahbariyati va xodimlari, viloyat futboli mutasaddilari, "Navbahor"ning faxriy va fidoyi muxlislari tashrif buyurishdi.



Viloyat rahbari o'z so'zida so'nggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti, hurmatli SHavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda futbol rivoji yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, jumladan, Namangan viloyatida ham millionlar o'yini hisoblangan futbolni yanada rivojlantirish bo'yicha samarali faoliyat olib borilganligi, sportchilarning sevimli mashg'ulotlari bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, yurtboshimiz tashriflari davomida viloyatimiz futbolida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida etirof etganliklari, bu etirof yangi yuksak marralar sari undaganligi borasida to'xtaldi.

SHuningdek, SHavkatjon SHokirjanovich muhtaram Prezidentimizning etiroflari samarasi o'laroq, o'tgan yili uzoq yillik tanaffusdan so'ng Namanganga xalqaro o'yinlar qaytganligi, sevimli jamoamiz "Navbahor" o'z tarixida ilk marta Osiyo CHempionlar Ligasi “pley-off” bosqichini muvaffaqiyatli tarzda yakunlab, mazkur musobaqaning guruh bosqichida qatnashib, shahrimizda Osiyo CHempionlar Ligasi madhiyasi yangrashiga sabab bo'lganligi hamda ushbu nufuzli turnirda ilk marta qatnashayotganiga qaramay, jamoamiz Osiyoning eng kuchli jamoasi, tarkibida Bunu, Neymar, Malkom, Kulibali, Mitrovich, Savich kabi jahon futboli yulduzlari bo'lgan "Al Hilol" bilan safarda 1:1 hisobida durang o'ynashga muvaffaq bo'lganligi, shuningdek, Eronning "Nassaji Mazandaron", Hindistonning "Mumbay Siti" jamoalarini mag'lubiyatga uchratib, nimchorak final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritganligi, bundan tashqari, o'tgan mavsumda "Navbahor" ayollar jamoasi Birinchi ligada g'oliblikni qo'lga kiritib, oliy ligada qatnashadigan bo'lganligi, shuningdek, viloyatning futbol maktablari, shu jumladan, "Navbahor" klubi qoshidagi "Navbahor-Umid" futbol maktabida tarbiyalanayotgan futbolchilardan tuzilgan turli yosh terma jamoalari 7 ta O'zbekiston chempionatlarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgani, ushbu jamoalarning 3 tasi chempionlik unvonini qo'lga kiritganligi esa yanada quvonarli hol bo'lganligini takidlab o'tdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика