So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

"Navbahor" darvozasiga penalti to'g'ri belgilandi. Ular futbolchilarga o'xshab ko'p maosh olishmaydi". Sobiq referi Mamur Saidqosimov hakamlik haqida achchiq gaplarni aytdi Yangiliklar

"Navbahor" darvozasiga penalti to'g'ri belgilandi. Ular futbolchilarga o'xshab ko'p maosh olishmaydi". Sobiq referi Mamur Saidqosimov hakamlik haqida achchiq gaplarni aytdi

Kechadan beri futbol jamoatchiligi orasida "Navbahor" - "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin, hakamlik haqidagi bahs-munozaralar yakuniga etgani yo'q.

Hamma o'zining qarashi bo'yicha vaziyatga izohlar bermoqda, turli fikrlar yangramoqda. Biz esa barchasiga aniqlik kiritish va mavzuga yakun yasash uchun shu sohaning mutaxassisiga yuzlanishnga qaror qildik. Bu borada bizga sobiq hakam, o'z vaqtida hakamlar qo'mitasi departamentida ham faoliyat olib borgan Mamur Saidqosimovning fikrlarini bildirib o'tdi.

- Firdavs Norsafarov so'nggi daqiqada "Navbahor" darvozasiga belgilagan penaltiga munosabatingiz? O'sha vaziyatda referi to'g'ri qaror qabul qildimi?

- Sobiq hakam, hakamlar qo'mitasi departamentida faoliyat olib borgan inson sifatida ham o'zimning nuqtaiy nazarimdan kelib chiqib fikr bildirsam, ko'pchilik namanganlik ishqibozlar nazdida hakamlarni himoya qilayotgandek bo'lishim mumkin. Lekin men har doim haqiqatni gapirib kelganman. Ko'p insonlar futbolni yaxshi tushunaman, hakamlikni zo'r bilaman, deb o'ylaydi. Bugungi kunda hakamlik qilish og'irlashib boryapti. CHunki IFAB tomonidan o'yin qoidalariga ko'p o'zgartirishlar kiritilmoqda. Bularni esa muxlislar to'liq tushunib etishmaydi. "Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinda belgilangan penaltiga kelsak, birinchi ko'rganimda menda ham shubha paydo bo'ldi. So'ng takroriy vaziyatlarni tomosha qilib hakamning to'g'ri qaror qabul qilinganligiga guvoh bo'ldim. SHuningdek klublardan iltimos qilib qolaman, O'FA tomonidan qo'yilayotgan talablarni, kameralarni joylashtirishga joy bilan taminlab berishlarini so'rardim. Falon pulga futbolchi sotib olgandan ko'ra shu sharoitlarni yaratib berishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. VAR tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o'zi uchun o'zi sharoit qilishga majbur bo'lmoqda. Ularga ko'ringan vaziyatlar muxlislarga ko'rinmagan bo'lishi mumkin. Endi 11 metrlik zarba belgilangan vaziyatga qaystak. Sardor Rashidov to'p bilan edi. Ikkisining oyog'i havoga ko'tarilganda yani, Rashidovni chap, unga qarshilik ko'rsatayotgan himoyachining chap oyog'i. SHu holatda Rashidovning tovoniga "kontakt" bo'lgan. Har bir jamoaning hujumchisi jarima maydoni ichida imkoniyat boricha foydalanishga harakat qiladi. U erda ozgina tegilganda ham oyoqning muvozanatini yo'qolishiga olib kelgan. Yaxshilab etibor berilsa, Rashidovning to'pig'iga "kontakt" bo'lishi natijasida sirpanishga olib kelinganini ko'rasiz. VAR va bosh hakam vaziyatni takroran kuzatib penalti belgiladi. Qaror to'g'ri qabul qilindi. Yana bir narsa "Navbahor" jamoasi azaldan o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilganda doim raqibi ustidan zafar quchishni istaydi. Boshqa jamoa bo'lganida ham bunchalik to'polonlar bo'lmasdi, deb o'ylayman.

- Buni qarangki VAR bilan ham bog'liq turli etirozlar kuzatilmoqda. Lekin stadionlarimizda VAR`ga yaratilgan sharoitlarni ham hisobga olish kerak...

- To'g'ri. VAR tizimini olib kelishni, adolat bo'lishini boshida rosa istashdi. O'tgan turda "Andijon" - "Mashal" o'yinida nazoratchilik qildim. Ushbu uchrashuvda ham VAR tizimidan foydalanildi. Lekin u erda yaratilgan sharoitlar qoniqtirmasdi. Xodimlar yuqorida takidlaganimdek o'zi uchun o'zi kurashdi. Internet bilan bog'liq muammo sabab o'yindan oldin ofsaydni aniqlash qiyin bo'lishi haqida xabar berib o'tildi. To'g'ri xususiy klub, ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Ular ham gapga quloq solgan holda zarur sharoitlarni yaratishsa rivojlanishimizga turtki bo'ladi. Deylik "Andijon"ning o'rinbosarlari o'ynaydigan  "Bo'ston" stadionida ham videotasvirga olishni ham imkoni yo'q. Tog'ni tepasiga chiqib tasvirga olish kerak. Bu nechinchi asrning futboli bilmayman. Qilinadigan ishlarimiz ko'p. Professionallikka o'tamiz desak tanqidlar boshlanadi. Yutqazgan jamoa ishqibozlari darhol hakamga tosh otishadi. 

- Ayniqsa so'nggi turlarda bu juda ham avj oldi...

- Muxlislar klub tomonidan qanday ishlar qilindi, nimalar yaratildi degan savolni o'ziga bermaydi. Masalan "Turon" - "So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng jamoa murabbiyi olamga jar soldi. "Lokomotiv" bilan o'yinda nima bo'ldi? Xo'p, VAR qo'yildi. Jamoaning asli xorijlik bo'lgan himoyachisi o'zining jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Boz ustiga uchrashuvning so'nggi daqiqasi o'tib borayotganda. Demak gap jamoaning ichida. Agarda biz yomon deyaversak yaxshilikka olib kelmaydi. Hamma ham inson. SHuningdek ko'pchilik hakamning qanday maosh olishini bilmaydi. Futbolchining maoshi 20, 30, 40 millionni tashkil qiladi. Murabbiylar ham shunday oylik oladi. Biroq hakam bir oyda ikkita o'yin boshqarsa 5-6 million maosh olishi mumkin. SHu bilan oilasini boqadi. Buni tan olamiz. 

- Bu ketishda bizda yaqin yillarda hakamlar etishmovchiligi kuzatilishi tabiiy...

- Zaxira tayyorlashimiz lozim. Bu bolalar futbolida ham kuzatilayotgan holat hisoblanadi. Masalan Eronda 2000 nafar zaxira hakami mavjud ekan. Ulardan 10 nafardan oshig'i FIFA hakamligiga nomzod. Bizda esa 200 nafar hakam chiqsa do'ppimizni osmonga otamiz. CHetlataversak ish bitmaydi. Bitta xato qilgandan so'ng, chetlatishdan oson ish yo'q. Ularni tarbiyalashimiz zarur.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика