So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvidan keyingi fikrlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvidan keyingi fikrlar

"Navbahor" va "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, har ikki klub bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdik.
Dastlab savollarimizga buxoroliklar ustozi javob qaytardi.

Tachmurod Agamurodov (Buxoro jamoasi bosh murabbiyi): - Bugun muxlislar sermahsul o'yinga guvoh bo'lishdi. SHu bilan birgalikda keskinlik ham yuqori notada bo'ldi. Keskinlik esa so'nggi soniyalargacha saqlanib turganligini ham etirof etish joiz. Tushunarsiz tarzda o'tkazib yuborilgan gol futbolchilarimizning ruhiyatiga tasir ko'rsatdi. Hozir ushbu vaziyatda kim haq yoki nohaq edi deb muhokama qilmoqchi emasman. Futbolchilarimiz oxirigacha xushyor holda o'ynashlari, raqib futbolchilari esa halol o'yin ko'rsatishlari kerak edi. Albatta g'alaba qozonganimizdan xursandman. Jamoamiz uchun uch ochko juda muhim edi. Yigitlar uchrashuvga jiddiy tarzda shaylanganliklarini ko'rsatishdi. Tartibli o'yin va o'z imkoniyatlaridan to'liq tarzda foydalanishlari samarasi o'laroq g'alabani tantana qildik.  

Mustafo Bayramov (“Navbahor jamoasi bosh murabbiyi): - Nima ham deya olardim. Muhim bo'lgan uchrashuvda imkoniyatni boy berdik. Himoyadagi qo'pol xatolar va darvozabonni ishonchni oqlay olmasligi mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Hujumchilarimiz ikki bor hisobni tenglashtirishgan bo'lsada, yakunda so'nggi chiziqdagi xatolar imkoniyatni boy berishimizga sabab bo'ldi. Buxoro yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Mehmonlar tezkorlik borasida yuksak o'yin ko'rsatishmasada, imkoniyatlardan samarali foydalanib, g'alabaga erishishdi. Bizda esa buni aksi bo'ldi. Birgina Lupashkoni o'zi bir necha bor gol urishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ustunlikka erishsakda, raqib darvozasiga kerakli gollarni ura olmadik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика