So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  6 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  5 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Navbahor": Ayollar uchun bepul sektor Yangiliklar

"Navbahor": Ayollar uchun bepul sektor

Teglar :  Navbahor
“Navbahor” PFK rahbariyati joriy mavsumda muxlislarga qulay sharoitlar yaratish borasida ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bunga misol tariqasida “Markaziy” o'yingohga yaqin hududda klub atributikalari bilan savdo qiluvchi maxsus do'konning ochilganligi, “Navbahor” o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan kunlari stadion hududida turli egulik va salqin ichimliklar savdosining tashkil etilganligi, maxsus akciya tashkil etilib, ishqibozlarning xarid qilgan chiptalariga “Navbahor” ramzi tushirilgan futbolkalar, to'plar, soyabonlar, shlyapalar yutib olishgani va hokazolarni qo'shish mumkin.

“Navbahor” PFK rahbariyati Superliga 24-tur doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida yana bir xayrli ishga qo'l urdi. 23 sentyabr kuni o'tkaziladigan mazkur o'yinga sevimli jamoamizning bahsini bevosita o'yingohda tomosha qilishni ixtiyor etgan ayollar uchun alohida bepul sektor ajratiladigan bo'ldi.
 
“Navbahor” muxlisalari endi bemalol 15-sektordan joy olib, “lochinlar”ni barchalari birgalikda qo'llab-quvvatlashlari mumkin.

“Navbahor” – “Metallurg” o'yini 23 sentyabr kuni “Markaziy” o'yingohda soat 20:00 da start oladi.

Bo'lajak bahsda bevosita stadionda sevimli jamoamizni qo'llab-quvvatlang va g'alabasiga madadkor bo'ling, aziz muxlisalar!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика