Navas nima uchun O'zbekistonga qarshi o'yinda qatnashmaydi?
		
		21 sen 2022 12:10
        Yangiliklar	
	 
				 
				Navas nima uchun O'zbekistonga qarshi o'yinda qatnashmaydi?
Aniqlik kiritilishicha, murabbiy Luis Fernando Suares Janubiya Koreya va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi bahslar uchun joriy mavsum hali PSJ safida maydonga tushmagan tajribali posbonning o'yinidan yaxshi xabardor va unga ishonadi. Mutaxassis Jahon chempionati oldidan boshqa darvozabonlarni sinovdan o'tkazib ko'rmoqchi. Bu esa kosta-rikalik muxlislarning ajablanishiga sabab bo'ldi.

"Keylor Navasni sinovdan o'tkazish shart emasligi allaqachon malum. O'rtoqlik uchrashuvlaridan maqsad – qolgan darvozabonlarni ham sinab ko'rish", – dedi Suares.
Malumot uchun, terma jamoa yig'iniga darvozabonlardan Patrik Sekeyra ("Lugo", Ispaniya), Esteban Alvarado ("Erediano", Kosta-Rika) va Aaron Krus ("Deportivo Saprissa", Kosta-Rika) chaqirilgan.
Kosta-Rikaning Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvi 24 sentyabr kuni, O'zbekiston bilan uchrashuvi esa 27 sentbyarda Suvondagi Jahon Kubogi stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Kosta-Rika Qatardagi Jahon chempionati "E" guruhida Ispaniya, Germaniya va Yaponiya bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar