So’nggi yangiliklar

15:38Роналду – энг яхши!  0 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  3 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  7 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  5 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  27 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  7 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8

"Nasaf"ning tarixiy g'alabasidan fotomaqola Yangiliklar

"Nasaf"ning tarixiy g'alabasidan fotomaqola

Bundan 6 yil avval xuddi shu kuni barchaning diqqat etibori Qarshi shahriga qaratilgan edi.


2011 yilning 29 oktyabr kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" stadion OFK kubogining finaliga mezbonlik qilgandi. Osiyo qitasida OCHLdan keyingi pog'onada turadigan OFK kubogi finalida "Nasaf" jamoasi Kuvaytning "Kuvayt SK" jamoasi bilan bosh sovrin uchun kurash olib  borgandi.

Anatoliy Demyanenko boshqaruvidagi "Nasaf" jamoasi o'z maydonida o'tgan finalda butun o'zbek futboli muxlislariga unutilmas lahzalarni taqdim etishgandi.


Final oldidan OFK, O'FF va har ikkala klub rahbarlari "Nasaf" va "Kuvayt SK" jamoalariga omad tilashmoqda

O'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan qahramonlar... "Nasaf"ning bu tarkibidan hozir faqat bir futbolchi qolgan: Maqsud Karimov...

Koutino va Artur Gevorkyan

"Kuvayt SK" bosh murabbiyi Dragan Talajichning jamoasi ham ancha kuchli edi. Biroq o'sha kuni ular Qarshidagi muhitda "Nasaf"ni taslim eta olishmasdi...


Anatoliy Demyanenko o'zbek futboli tarixida o'z nomini yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan murabbiylardan biri...

"Kuvayt SK"ning etakchisi Koutinoni shu kuni Erkin Boydullaev zararsizlantira olishni uddasidan chiqqandi...


Erkin Boydullaev mana oltinchi yildirki yuqori saviyada o'ynab kelmoqda. Hozirgi kunda Boydullaevni yurtimizdagi eng kuchli tayanch zonasi vakili desak mubolag'a bo'lmaydi..


Qo'lida yurtimiz bayrog'ini xilpiratayotgan Jahongir Jiyamurodov va OFK kubogi to'purariga aylangan Ivan Boshkovich

Finalni Kim Don Jin boshqarib borgandi

Ushbu quvonchli lahzalarga ham mana 6 yil to'ldi... Keyingisini tezlatish kerak, muxlislar ham sog'inib qolishdi...


Unutilmas lahzalar...


Tarixiy o'yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

NASAF - Kuvayt SK - 2:1 (0:0)

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar
: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: SHomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf: Murodjon Zuhurov, Botir Qoraev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev, Erkin Boydullaev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov (Fozil Musaev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK: Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn SHammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid SHammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G'afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirishlar: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn SHammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.

Suratlar muallifi: Hasan Pirmuhammedov 

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика