So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  3 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  8 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

"Nasaf" xarajatlar smetasi 61 mlrd so'm emasligini elon qildi Yangiliklar

"Nasaf" xarajatlar smetasi 61 mlrd so'm emasligini elon qildi

Klub bir necha soat avval Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev elon qilgan maqola bo'yicha raddiya berdi.

Qarshining "Nasaf" klubi bir necha soat avval saytimizda elon qilingan maqola bo'yicha raddiya bildirdi. Bayonotda "Nasaf" klubi o'zining xarajatlar smetasi 61 mlrd so'm emasligi malum qilgan. SHu bilan birga, bayonotda klubning xarajatlar smetasi aynan qancha miqdorda ekanligiga ham oydinlik kiritilmagan.

"Xabaringiz bor, biroz avval Championat.asia saytida “O'zbekistonning eng boy klubini bilasizmi?”sarlavhasi ostida O'zbekistonning eng moliyaviy barqaror jamoalar uchligi keltirilgan va “Nasaf” jamoasining 2022-yildagi xarajatlar smetasi 61 milliard so'm deb ko'rsatilgan.

Muallif bu raqamlarni qaerdan olgani bizga qorong'i. Lekin “Nasaf” futbol klubining yillik xarajatlar smetasi yuqorida keltirilgan raqamlarga mutlaqo mos kelmaydi. Muallifdan ishonchsiz manbalarga asoslanib, futbol jamoatchiligi orasida tushunmovchilikka olib keluvchi harakatlarga va provokaciyalarga yo'l qo'ymaslikni so'raymiz.

SHuningdek, klublarga hurmat saqlagan holda, tarqatilayotgan malumotlarni klub mutasaddilari ogohligida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'lishini eslatib o'tamiz", -deyiladi "Nasaf" klubi rasmiy bayonotida.

O'zbekistonning eng boy klubini bilasizmi?

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика