So’nggi yangiliklar

17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  3 17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  7 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  4 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  12 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  4 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0

"Nasaf" - "So'g'diyona" bahsi bir kun oldinga ko'chirildi, chempionlarga kubok ham o'sha kuni topshiriladi Yangiliklar

"Nasaf" - "So'g'diyona" bahsi bir kun oldinga ko'chirildi, chempionlarga kubok ham o'sha kuni topshiriladi

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi 10 noyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

O'FA milliy terma jamoaning Qatarga safaridan kelib chiqib, 24-turning ikki uchrashuvini 9 noyabr kuni o'tkazish taklifini ilgari surgandi. Mazkur taklifga "Paxtakor" rozilik bildirdi va uning "Navbahor" bilan o'yini 9 noyabrda o'tadigan bo'ldi.

"Nasaf" esa CHempionlar ligasida 6 noyabr kuni o'yini borligidan kelib chiqib, bu taklifga rozi bo'lmagandi. Biroq qarshiliklar bir tur avval "Lokomotiv" ustidan zafar quchib, mamlakat chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. Mazkur holat hamda "Nasaf" klubining Qatarga uchib ketishi kerak bo'lgan futbolchilarining kubok topshirish marosimida bemalol ishtirok etishini inobatga olib, qarshiliklar 24-tur bellashuvini 9 noyabrda o'tkazish taklifini kiritdi. Bu ham milliy terma jamoa uchun foydali ekanligi, ham kubok topshirish marosimida terma azolariga qulaylik taqdim etishidan kelib chiqib, Liga "Nasaf" so'rovini qanoatlantirishga qaror qildi.

SHu tariqa Superliga 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" — "So'g'diyona" uchrashuvi 9 noyabr kuni 17:00 da start oladigan bo'ldi. Uchrashuvdan keyin mamlakatning yangi chempioniga kubok topshirish marosimi o'tkaziladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика