So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  24

“Nasaf” – “SHo'rtan”: o'zaro o'yinlar Yangiliklar

“Nasaf” – “SHo'rtan”: o'zaro o'yinlar

Oliy liganing 21-turida “Nasaf” Qarshida “SHo'rtan” jamoasini qabul qiladi.


Ayni paytda futbolchilarimiz 20-turdan keyin 45 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasini band etib turgan bo'lsa, “SHo'rtan” futbolchilari 24 ochko bilan 10-pog'onada borishmoqda. Qiziqarli tomoni, ikkinchi davra bahslarini har ikkala jamoa mag'lubiyatsiz o'tkazmoqda. “Nasaf” ikkinchi davrada beshta uchrashvning 4 tasida g'alabaga erishib, bitta durang qayd etgan bo'lsa, “SHo'rtan” hisobida 2 g'alaba va 3 ta durang bor. Etiborli tomoni, g'uzorliklar ikiknchi davrada oliy liga peshqadamlaridan ochko tortib olishni uddalashdi. “Neftchi” taslim etilgan bo'lsa, “Bunyodkor” va “Paxtakor” bilan ochkolarni bo'lishib olishdi. 

Umuman olganda mazkur jamoalarning bahsi turnir jadvalidagi holatdan qatiy nazar doim murosasiz va keskin kechgan. Qiziqarli tomoni ayni paytda “Nasaf” sharafini himoya qilayotgan Artur Gevorkyan, Alisher Yusupov, Hamza Karimov o'z vaqtida g'uzorliklar sharafini himoya qilgan bo'lishsa, “SHo'rtan”da to'p tepayotgan Botir Qoraev, Zafar Polvonov, Eldor Boymatov, Mirzakamol Kamolov, Asror Aliqulov cingari futbolchilar “Nasaf” libosida to'p tepishgan.

 SHanba kuni bo'ladigan uchrashuv jamoalarning 20 tuqnashuvi bo'ladi. O'tkazilgan 19 bahsning 13 uchrashuvida ajdarlar g'alaba qozonishgan bo'lsa, “SHo'rtan” hisobida  5 ta g'alaba mavjud.  Atigi bir o'yinda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan. To'plar nisbati 42-21 qarshiliklar foydasiga. 

Ushbu jamoalarning o'rtasida kechgan bahslarda eng ko'p gol kiritgan futbolchi bu Zafar Xolmurodov. “Nasaf” jamoasining sobiq futbolchisi hamda jamoaning eng yaxshi to'purari “oq bo'rilar” darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan.

 O'tkazilgan 19 ta uchrashuvda jami 63 marta darvozalarga to'p kiritilgan. Qarshida o'tkazilgan 8 ta uchrashuvning 7 tasida qarshiliklar g'alabaga erishishgan. G'uzorliklar faqat bir marta 2010 yili Qarshidan ochko bilan qaytishgan. 


O'ZARO UCHRASHUVLAR

 

19.03.2005. 1 tur.Qarshi. 7000 tomoshabin.

“Nasaf”  - “SHo'rtan”  4:0 (2:0)

Hakam: Ismailov M- 8,2

Gollar: Xolmuradov Z, 36, 38 84, Keldiev V, 64 .

 

 07.11.2005. 26 tur. G'uzor. 2000 tomoshabin.

SHo'rtan- Nasaf 2:1 (0:1)

Hakam: Karimov. G - 9

Gollar: Xolmuradov 2 (1:0), Taran 55, 74.

28.05.2006. 11 tur. Qarshi. 6000 tomoshabin.

 

“Nasaf”-  “SHo'rtan”  3:2 (2:0)

Hakam: Jalilov A - 8,2

Gollar: Keldiev 22, Alikperov  - pen, 42, 61, Inog'omov  73, Taran  90.

18.09.2006. 20tur. G'uzor. 7000 tomoshabin.

 

“SHo'rtan” -  “Nasaf” 2:3 (1:2)

Hakam: R. Hamidov 7,8

Gollar: M. Inog'omov 42, 53  Xolmurodov 10, V Alekperov 31,  Uzoqboev 83.

22.06.2007. 14 tur.G'uzor. 3000 tomoshabin.

 

“SHo'rtan” – “Nasaf” - 0:1 (0:0)

Hakam: Petrov A - 8,2

Gollar: Holmuradov  56 (0:1),

15.08.2007. 17 tur. Qarshi. 5000 tomoshabin.

 

“Nasaf” – “SHo'rtan”  2:1 (1:1)

Hakam: Tambovcev A - 8,2

Gollar: Atoev 16 (0:1), Azamov  20 (1:1), Azamov 70 (2:1)

29.03.2008. 3 tur. Qarshi. 4000 tomoshabin.

 

“Nasaf” – “SHo'rtan” 2:0 (1:0)

Hakam: Tog'aev B - 8,1

Gollar: Holmuradov  38 (1:0), Berdiev  85 (2:0)

 

12.11.2008. 28 tur. G'uzor. 2891 tomoshabin.

“SHo'rtan”-  “Nasaf”  3:2 (1:0)

Hakam: Hamidov R. - 8,7

Gollar: Boev  43, Yusupov  57, Ixeruome 71, Boboev - pen, 78, Onorov  90.

 

01.03.2009. 1 tur. Qarshi. 7570 tomoshabin.

“Nasaf" - "SHo'rtan" - 4:2 (1:2)

Gollar: J. Jiyamuradov (19, 52), A. Filiposyan (64), I. SHomurodov (69) -Z. Polvonov (12, 15).

Hakamlar: V Agishev  8,5,

 

09.11.2009 yil. 30 tur. G'uzor. 1557 tomoshabin.

“SHo'rtan” – “Nasaf”- 1:0 (1:0)

Hakamlar: A.Xotamov  9,2.

Gol:G.Megreladze (13).

 

13.03.2010 yil. 1 tur. Qarshi. 8523 tomoshabin.

"Nasaf" - "SHo'rtan" - 0:0

Hakamlar: V.Agishev  8,7

 

31.10.2010 yil. 26  tur. G'uzor. 6508 tomoshabin.

"SHo'rtan  - Nasaf  1:0.

 Hakam:V. Agishev 8,7.

 Gol:V. Klishin (90+2).

 

 15.06.2011. 12-tur. Qarshi. Karshi stadioni. 2537 tomoshabin.

 “Nasaf”  - “SHo'rtan” - 5:0 (1:0)

 Hakam: Bobomurodov Rustam - 8,6

 Gollar: 1:0 - SHomurodov Ilhom, 10, 2:0 - Otaquziev Nosir, 50, 3:0 - Otaquziev Nosir, 59, 4:0 - Pereplyotkin Andrey, 79, 5:0 - Otaquziev Nosir, 84

 

 6.08.2011  15-tur

 SHo'rtan (G'uzor)  - Nasaf (Qarshi) 2:1

 Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Sodiqov (Farg'ona), S. Qodirov (Farg'ona), A. Axmadgaleev (Tashkent vil.).

 Gollar: Predrag Vuyovich 10,  1:0. Vadim Afonin 18,  2:0. Ilhom SHomurodov 40,  2:1.

 

 11.05.2012  8-tur

 SHo'rtan (G'uzor)  -Nasaf (Qarshi) 2:3

 Hakam: Ceytlin Vladislav

 Gollar: 1:0 - Ponomarev Vyacheslav, 45+1. 1:1 - Jiyamurodov Jahongir - penaltidan, 65. 1:2 - Boshkovich Ivan, 75. 2:2 - Taran Igor - penaltidan, 84. 2:3 - To'raev Kenja, 86.

 

14.09.2012. 19-tur.

“Nasaf” – “SHo'rtan” 2:1

Hakam: Ravshan Ermatov.

Gollar: V.SHishelov,31, I.Taran, 55, F,Musaev, 70.

 

 

O'zPFL, 5-tur. 14.04.2013

 “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:0 (3:0

Gollar: Ilhom SHomurodov (19,32) Gevorkyan (42).

 

O'zPFL, 22-tur. 18.10.2013.

“SHo'rtan” – “Nasaf” 1:4 (0:1)

Gollar: A. G'ulomxo'jaev (90+1) – A. Allaniyozov (5, 87), A. Gevorkyan (74, 83).



O'zPFL, 6-tur. 26.04.2015.

“SHo'rtan” – “Nasaf”  1:2

Gollar: G'ulom-haydar G'ulomov (47) – Farruh Sayfiev (86), Ilhom SHomurodov (90+3).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика