So’nggi yangiliklar

15:07"Кристал Пэлас" "Ювентус" қизиқаётган Эзенинг нархини белгилади  1 14:42"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:15"Ливерпуль" "Лион" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  5 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  2 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  12 11:35Луис Энрикенинг шахсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  5 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  1 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1

"Nasaf" – "Navbahor" to'qnashuvida qo'pol xatolar bo'ldi. 13-tur va 5-turning qoldirilgan o'yinlarida referilar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili Yangiliklar

"Nasaf" – "Navbahor" to'qnashuvida qo'pol xatolar bo'ldi. 13-tur va 5-turning qoldirilgan o'yinlarida referilar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili

Rossiyalik ekspertimiz ortda qolgan turdagi vaziyatlar bo'yicha xulosalarini berdi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 13-turi, shuningdek, 5-turning qoldirilgan uchrashuvlaridagi etiborga molik vaziyatlarni tahlil qildi.


✅ "Olimpik" – "Surxon" (VIDEO)

Yordamchi hakamning aniq va to'g'ri qarori. U dastlab epizod oxiriga etkazilishiga ruxsat berdi va shundan keyingina "Olimpik"da ofsayd qayd etdi. Hujumkor futbolchi sezilarli darajada o'yindan tashqari holatda edi. VAR epizodni tekshirdi va aytarli xato topmadi. Gol to'g'ri bekor qilindi.


✅ "Olimpik" – "Surxon" (VIDEO)

Hakamning yakuniy qarori to'g'ri. "Surxon" futbolchisi qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatildi: u to'pga o'ynashga harakat qilmadi va raqibning oyog'i orqa qismiga zarba berdi. Bunda shikastlanish xavfi yuqori. VAR to'g'ri aralashdi. SHuni takidlash kerakki, ideal holda hakam bunday qarorlarni o'zi qabul qilishi kerak. U yaxshi pziciyada edi va epizodni mukammal ko'rdi.


❌ "Olimpik" – "Surxon" (VIDEO) 

Etiborni tortadigan birinchi narsa – hakamning noqulay poziciyasi. U jarima maydonchasida o'zining oldidagi barcha futbolchilarni ko'rmayapti. Jumladan, o'rtasida mojaro kelib chiqqan futbolchilarni ham. CHetlatish masalasiga kelsak, "Surxon" futbolchisi, nazarimda, sportga xos bo'lmagan harakati uchun sariq kartochkaga loyiq edi. Ushbu "zarba"da katta amplituda yo'q. VAR aralashdi, chunki u buni tajovuzkor xatti-harakat deb hisobladi. Hakam “Surxon” futbolchisini maydondan chetlatish huquqiga ega edi, ammo baribir bu erda ideal echim sariq kartochka ko'rsatish bo'lardi.


❌❌ "Olimpik" – "Surxon" (VIDEO) 

Men hakamning "Olimpik" o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatish haqidagi qaroriga qo'shilmayman. VAR aralashuvini ham qo'llab-quvvatlamayman. Menimcha, bu erda referining yaqqol xatosi bo'lmagan. To'p uchun kurashda "klassik" qo'l harakati bor, raqibning yuziga ataylab berilgan zarba yo'q.

Men takidlamoqchi bo'lgan ikkinchi narsa – hakamning sariq kartochka berishdagi manerasi (keyinchalik u qizil kartochkaga o'zgardi). Hammasi juda uzoq davom etdi, u qoidabuzarlik sodir bo'lgan joyga piyoda yurib bordi, aslida u epizod joyiga shoshilib, ovozi bilan o'zini tanitib qo'yishi kerak edi. Sariq kartochkani tezda ko'rsatish lozim, shunda hech qanday muammo kuzatilmaydi. O'sha holatda "Surxon" darvozaboni birdaniga ikki "Olimpik" azosini g'azablantirdi – buning uchun unga ham sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.


✅ "Andijon" – "Navbahor" (VIDEO) 

Hakam "Navbahor"ning golini bekor qilgani to'g'ri bo'ldi. Hujumchi andijonliklar darvozabonining tanasiga qarab harakat qilib, to'pga ega chiqishiga to'sqinlik qildi. VAR epizodga aralashmasligi kerak edi. Yordamchi hakamning bayroq ko'targani ham juda g'alati. U erda ofsayd bo'lishi mumkin emasdi. Lekin har holda golning bekor qilinishi to'g'ri edi.



✅ "Metallurg" – "Nasaf" (VIDEO) 

Ofsayd chizig'isiz ofsayd holati bor yoki yo'qligini aytish qiyin. VAR "chegaradagi" vaziyatda, agar hakam tomonidan xatolikka yo'l qo'yilgani isboti bo'lmasa, uning qarorini qabul qilishi kerak. Umumiy kameradan ofsayd holati bordek tuyulmoqda. Boshqa tomondan qaraganda, futbolchilar bir chiziqda turganga o'xshaydi. Biroq barcha omillarni inobatga olgan holda, hakamning golni bekor qilish qarorini qo'llab-quvvatlayman.


✅ "Neftchi" – "Lokomotiv" (VIDEO) 

"Neftchi" hujumining birinchi bosqichi – o'yindan tashqari holat yo'q. Keyin "Neftchi" hujumchisi to'pni qabul qilib olgan paytda "Lokomotiv" himoyachisi "podkat" amalga oshirmoqda. Bu erda yaqqol qoida buzilishi ko'rinmadi, hakam epizodni to'g'ri baholadi va o'yinni davom ettirdi. Hatto engil teginishdan so'ng yiqilib tushgan va penalti so'ragan "Neftchi" hujumchisiga og'zaki ogohlantirish berish ham mumkin edi.


❌ "Neftchi" – "Lokomotiv" (VIDEO) 

Menimcha, bu “Lokomotiv” himoyachisi tomonidan istiqbolli hujumning buzilishi. U qo'li bilan o'ynab to'pning parvozini ataylab to'xtatdi. Hakam noqulay poziciyada turgani uchun bu vaziyatning tafsilotlarini ko'rmadi. Dinamikada unga "Neftchi" hujumchisi "Lokomotiv" himoyachisini biroz turtib yuborgandek tuyuldi. Biroq fol qayd etilmadi va bu epizodda unga zaxira hakami va yordamchisi maslahat berishi kerak edi.


✅ "Paxtakor" – "Bunyodkor" (VIDEO) 

Bu erda ofsayd chiziqlari ham talab etilmaydi: "Bunyodkor" futbolchisi o'yindan tashqari holatda ekanligi aniq, gol to'g'ri bekor qilingan. Darhol bayroqni ko'targan yon hakamning qulay poziciyada turganini etirof etish joiz.


✅ "Paxtakor" – "Bunyodkor" (VIDEO) 

"Paxtakor" futbolchisining dastlabki qo'polligi sariq kartochkaga tortmasdi. SHundan so'ng kichik mojaro yuzaga keldi, uni referi darhol "o'chirdi". U tezda epizod sodir bo'lgan joyga yugurdi. Hakamning futbolchilarni og'zaki va jiddiy ohangda ogohlantirganini to'g'ri qaror sifatida qayd etgan bo'lardim. Bu epizod uchun mutlaqo adolatli. Agar hakam biroz oldinroq hushtak chalganida, tortishuv sodir bo'lmasligi mumkin edi.


✅ "Qizilqum" – OKMK (VIDEO) 

Hakam OKMK golini bekor qildi va qo'pol o'yin uchun mehmonlar hujumchisiga sariq kartochka ko'rsatdi – bu to'g'ri qaror. U oyog'ini cho'zib oldi va shu bilan o'zini himoya qildi, ammo oyoqning bunday joylashuvi darvozabon uchun juda xavflidir. To'g'ridan-to'g'ri zarba yo'q, shuning uchun qizil kartochka haqida gap bo'lishi mumkin emas.


✅ "Qizilqum" – OKMK (VIDEO) 

Hakam qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun OKMK futbolchisiga qizil kartochka berib, adolatli qaror qabul qildi. U ataylab qo'pol tarzda harakat qilib, butsalarining tag qismini raqibga qaratdi. Bazan bunday lahzalarni to'pni "to'p bilan" olish deb atashadi. Ha, OKMK futbolchisi to'pga tegdi, lekin bunga jiddiy urg'u bermadi. Tana og'irligi "Qizilqum" futbolchisining boldir qismiga tekkan oyog'iga tushdi. VAR aralashib to'g'ri qildi.


✅ "So'g'diyona" – "Dinamo" (VIDEO) 

Menimcha, "Dinamo" himoyachisi to'pga o'ynashga urindi va buni "So'g'diyona" hujumchisidan ertaroq bajardi. SHundan so'ng o'yinda uchraydigan "kontakt" sodir bo'ldi. O'yinning davom ettirilishi va VAR aralashmagani to'g'ri qaror.


✅ "So'g'diyona" – "Dinamo" (VIDEO) 

Hakam har ikki futbolchiga sariq kartochka ko'rsatib, eng to'g'ri qarorni qabul qildi. Avvaliga “So'g'diyona” futbolchisi raqibni raqibni chaldi. Referi shu paytdayoq munosabat bildirishi va epizod sodir bo'lgan joyga yugurib borishi kerak edi. Ungacha "Dinamo" futbolchisini itarib yubordi. Negadir “So'g'diyona” futbolchisi raqibining yuziga tushirishga qaror qildi. Ikkalasi ham jiddiy to'qnashuv sodir bo'lgandek g'alati ish qilishdi. To'g'ridan-to'g'ri tajovuz yoki aniq hujumlar yo'q edi. Sariq kartochka – bu ideal echim.


✅ "Metallurg" – "Olimpik" (VIDEO) 

"Olimpik"ning goli to'g'ri hisoblandi. CHiziqlarsiz ham hujumkor o'yinchi to'g'ri poziciyada ekanligi ko'rinib turibdi.


✅ "Metallurg" – "Olimpik" (VIDEO) 

Epizod "Qizilqum" – OKMK uchrashuvida sodir bo'lgan voqeaga juda o'xshaydi. Bu erda izchillik juda muhim, sababi hakamlar o'xshash epizodlarda bir xil qaror qabul qiladilar. Va bu erda bu ketma-ketlikni kuzatish mumkin, hamma narsa birga-bir o'xshash: butsaning tag qismi, pastga yo'naltirilganda butun tana oyoqqa yuk bermoqda. VAR o'z vaqtida aralashdi va qizil kartochka haqli ravishda ko'rsatildi.


✅ "Metallurg" – "Olimpik" (VIDEO) 

Men hakamning "Olimpik" golini bekor qilish qarorini qo'llab-quvvatlayman. Bu erda Evro doirasidagi Niderlandiya – Franciya bahsinda bekor qilingan golni esga olishingiz mumkin. Vaziyatlar juda o'xshash: "Olimpik" o'yinchisi ham darvozabonning yo'lini to'sib qo'ydi. VAR nega aralashgani tushunarsiz.


❌ "Nasaf" – "Navbahor" (VIDEO) 

Gol urilishidan oldin hujum vaqtida yaqqol fol ishlatildi. "Navbahor" futbolchisi to'pga o'ynashga urinmoqda, lekin buni qo'pollik bilan amalga oshirdi. To'pga o'ynalgan taqdirda ham himoya foydasiga jarima zarbasi belgilanishi kerak edi. Biroq bu erda "Navbahor" hujumchisi to'pga o'ynamagani va "Nasaf" himoyachisining oyog'iga tepgani ko'rinib turibdi. Hakam epizodni oxiriga etkazib qo'yishga imkon berib to'g'ri qildi. VAR epizodga aralashish uchun barcha asoslarga ega edi. Lekin nega bosh hakam o'zining dastlabki qarorini kuchda qoldirib, "Navbahor"ning golini inobatga olganini tushuntirish mushkul. Bizningcha, bu referi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va gol bekor qilinishi kerak edi.


✅❌ "Nasaf" – "Navbahor" (VIDEO) 

Hakam "Nasaf"ning golini bekor qilib to'g'ri qildi, chunki to'p bosh bilan o'ynalgach, hujumchining qo'liga ham tekkandi. Umuman olganda, nima uchun sariq kartochka ko'rsatilmagani tushunarsiz, chunki qoidalarga ko'ra, futbolchi qo'li bilan gol ursa, ogohlantirish berilishi kerak. Va bu uning qo'li bilan qanday o'ynashidan qati nazar – atayin yoki rikoshet orqalimi, farqi yo'q.


✅ "Nasaf" – "Navbahor" (VIDEO) 

"CHegara" lahzasi, chunki "Navbahor" futbolchisi raqib bilan to'qnashganda oyog'i qaerga tekkanini ko'rsatadigan aniq takror yo'q. Oxirgi daqiqada u jiddiy "kontakt" yuzaga kelmasligi uchun oyoqlarini tortib oldi. SHuning uchun sariq kartochka adolatli qarordir. 


✅ "Nasaf" – "Navbahor" (VIDEO) 

Men hakamning "Nasaf" foydasiga penalti belgilashini qo'llab-quvvatlayman. "Navbahor" futbolchisi raqibni ikki qo'li bilan ushlab, maysaga yiqitdi. Bu erda yana bir muhim jihat shundaki, u hatto to'pning parvozini ham kuzatmayapti.



❌ "Nasaf" – "Navbahor" (VIDEO) 

Bu erda hakam qaltis harakat qilgan "Navbahor" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatmaganiga tushunmadim. Ular unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatishlari kerak edi. Sariq kartochka berilganda VAR aralashmaydi.


✅ "Neftchi" – "Paxtakor" (VIDEO) 

VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, "Neftchi" foydasiga belgilangan penalti haqli ravishda bekor qilindi. Oddiy vaziyat, to'p bilan odatiy muomala. Hakam qulay poziciyada turgan bo'lsa-da, avval "nuqta"ga ishora qilgani ajablanarli.


SHu tariqa Superliganing 13-turi va 5-turdan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvlarda Superliga hakamlari 7 ta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика