So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   0 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

"Nasaf" lageridan darak Yangiliklar

"Nasaf" lageridan darak

Teglar :  Nasaf
Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov "Nasaf"dagi vaziyat va jamoaga oid tafsilotlar bilan o'rtoqlashdi.

Ayni paytda klubning asosiy qarorgohida tamirlash ishlari olib borilayotgani tufayli "Nasaf" jamoasi klubga tegishli bo'lgan zaxira qarorgohi - "Sputnik"da yangi mavsumga taraddud ko'rmoqda.

Jamoa yig'in doirasida 2 fevral kuni "Dinamo"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazishi rejlashtirilgan. SHundan so'ng "ajdarlar" 4 fevral kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

"Nasaf"dagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, jamoani hozirgacha rasman 3 nafar futbolchi tark etdi. Tajribali himoyachi, "Nasaf"ning ko'p yillik sodiq futbolchisi Maqsud Karimov butsasini mixga ilgandi. Darvozabon Sanjar Quvvatov esa shartnomasi tugagani bois erkin agent sifatida "Paxtakor"dan qo'nim topdi. CHap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatov esa AGMK safiga borib qo'shildi.


Jamoa murabbiylar shtabida kuni kecha o'zgarish amalga oshgani haqida xabar bergandik. Ro'ziqul Berdievga darvozabonlarni tayyorlab berishda ko'makchi bo'lgan tajribali mutaxassis Denis Ivankov Qarshidagi 6 yillik faoliyatidan so'ng jamoadan ketdi. Uning o'rniga kim kelishi hozircha nomalum. Nomzodlar qatorida Mixail Naumov singari jamoaning sobiq darvozaboni ham tilga olinmoqda.

Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev va Bobir Abdixoliqov singari futbolchilarga ko'plab jamoalardan qiziqish va takliflar mavjud. Biroq "Nasaf" klubi mazkur futbolchilarni yaxshigina mablag' evazigagina qo'yib yuborishi mumkin. Qo'shimchasiga, bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev rahbariyatga shartnomani uzaytirayotganda jamoaning mavjud o'zagini saqlab qolish shartini qo'ygan. Berdiev "Nasaf"da allaqachon etakchiga aylanib ulgurgan yoshlar atrofida yangi jamoa shakllantirmoqchi.

Biroq murabbiy hozircha mavsumga taraddud ko'rish bosqichining asosiy qismiga to'liq reja tuzishda muammoga duch kelmoqda. Sababi, "Nasaf"ning ko'plab azolari OTJga nomzod futbolchi sanalishadi va hozircha Lyubinko Drulovich jamoasining aniq rejasi tasdiqlangani yo'q.

"Nasaf"ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi bevosita OTJning tayyorgarlik dasturiga bog'liq. CHunki jamoaning asosiy o'zagi aynan "ajdarlar" futbolchilaridan tashkil topgan.

"Nasaf" safida shug'ullanib yurgan iqtidorli hujumchi Humoyun Murtazoev bilan qarshiliklar og'zaki kelishuvga erishishgan. "Mashal"dagi yorqin o'yinlari orqali ko'pchilikka tanish bo'lgan hujumchi nihoyat "Nasaf"da ko'rinish berishga yaqin turibdi. Tez orada bitim rasmiylashtirilishi mumkin. SHuningdek, jamoa tarkibdagi chiziqlarni kuchaytirish va raqobatni kuchaytirish maqsadida selekciya ishlari olib borilmoqda. Kuchaytirilishi kerak bo'lgan chiziqlar - himoya, qanot yarim himoyasi va hujum.

Yangi mavsumda "Nasaf"da legionerlar paydo bo'lishi mumkinmi? Agarda pichoqqa ilinadigan legionerlar bo'lsa, unda "Nasaf" ularning xizmatiga labbay deyishi mumkin. Hozircha bazi legioner futbolchilar ko'rikda bo'lib qaytgan. Ammo ularning darajasi va o'yin sifati murabbiyga maqul kelmagan.

Ayni paytda jarohati bois safdan chiqqan Aziz G'aniev Jizzaxda tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Futbolchi fevraldan boshlab mashg'ulotlarga kirishishi kutilmoqda.

Bugun kechki payt "Nasaf" jamoasining asosiy tarkib futbolchilari va rahbariyat bilan kichik yig'ilish bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Jamoaning kelgusi rejalari, tayyorgarlik bosqichi va tarkibdagi o'zgarishlar haqida katta ehtimol aynan mazkur yig'ilishdan so'ng aniq bir to'xtamga kelinishi mumkin.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика