⚡️"Nasaf" Italiya A Seriyasida o'ynagan braziliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzadi
03 jan 2024 12:45
Yangiliklar
⚡️"Nasaf" Italiya A Seriyasida o'ynagan braziliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzadi
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik hujumkor yarim himoyachi va qanot vingeri Viktor Da Silva tez orada "Nasaf" klubi bilan shartnoma tuzadi.
1995 yilda tug'ilgan hujumchi faoliyati davomida Italiyaning "Kevo", "Peskara", "Breshia", "Teramo", "Perudja", "Fermana", "Virtus Verona" ko'plab klublarida to'p tepgan. 2013 yilda "Kevo" safida Italiya A seriyasi va Italiya Kubogida o'ynagan. Viktor Xorvatiyaning "Istra 1961", Albaniyaning "Vlazniya", Kiprning "Olimpiakos" kabi klublarda ham to'p tepgan. Uning so'nggi jamoasi Albaniyaning "Partizani" bo'ldi.
Viktor Da Silva professional faoliyati davomida 277ta o'yinda 72ta gol urgan va 23ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 350 ming evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar