So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  7 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

“Nasaf”: Bugun “Karpati” bilan o'ynaymiz Yangiliklar

“Nasaf”: Bugun “Karpati” bilan o'ynaymiz

Teglar :  KarpatiNasaf
Bugun "Nasaf" Antaliyadagi yig'in mobaynida beshinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Raqib Lvov shahrining “Karpati” jamoasi bo'ladi.

“Karpati” klubi 1963 yilda tashkil etilgan bo'lib, juda boy tarixga egadir. Jamoa 1969 yili sobiq ittifoq davrida quyi liga jamoalari ichida billur sovrinni qo'lga kiritgani bilan nom taratgan. Klub shuningdek sobiq ittifoq davrida (9 mavsum) yuqori ligada ham ishtirok etgan. SHuningdek klub Ukraina premer ligasining sovrindori va ikki marta mamlakat kubogi finalchisi hisoblanadi.

“Karpati” klubi hozirgacha Evropa kubok egalari kubogi (2 marta), UEFA kubogi (1 marta) va Evropa ligasida (2 marta) ham ishtirok etgan.



Jamoaga ayni paytda belorussiyalik mutaxasis Oleg Dulub murabbiylik qilmoqda. Uy o'yinlarini “Lvov Arena” stadionida o'tkazadi, sig'imi 34 915 o'rin.

Ukraina chempionatida hozir davralar oralig'idagi tanaffus payti. Ikkinchi davra uchrashuvlari fevral oyi oxirida boshlanadi. Lvovliklar jamoasi, 12ta jamoa ichida so'nggi 12-o'rinni egallab turibdi. Ular bor yo'g'i 5 ochko to'plashgan xolos. Turnir jadvalini Doneckning “SHaxtyor” jamoasi boshqarib bormoqda. Ular hisobida 50 ochko bor.

“Karpati” jamoas tarkibida faqat mahalliy – ukrainalik futbolchilar faoliyat yuritishadi.

“Karpati” klubi UEFA va Ukraina FF tomonidan, klub muxlislarining millatchiligi uchun bir necha marta moliyaviy jarimaga ham tortilgan.

Bugungi uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. Uchrashuv “WOW Topkapi Palace” mehmonxonasi futbol maydonida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика