Napoli prezidenti Xvicha Kvaracxeliyaning kelajagi haqida fikr bildirdi
21 okt 2024 10:10
Yangiliklar
Napoli prezidenti Xvicha Kvaracxeliyaning kelajagi haqida fikr bildirdi
Napoli prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa etakchisi Xvicha Kvaracxeliya haqida fikr bildirdi.
«Xvicha Kvaracxeliya bilan kelishuvni uzaytirish borasidagi savollar etarli berilmoqda. «Napoli» futbolchilari biz istaganimizda jamoani tark etadi va biz istagunimizga qadar jamoada harakat qiladi. Biz Xvicha bilan hali beri xayrlashish niyatida emasmiz», — deb fikr bildirdi prezident.
Malumot uchun, Xvicha Kvaracxeliyaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Neapol jamoasi gruziyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib bormoqda. 23 yoshli futbolchi yangi kelishuvga ko'ra yiliga 8 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Xvicha Kvaracxeliya joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta assist bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar