So’nggi yangiliklar

19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  0 19:00Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Тракторсози" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0 18:37Камолиддин Тожиев: "Драган Черан бу мавсумда ҳам тўпурар бўлмоқчи. Максим Шацких билан маслаҳатлашиб турибман"  5 18:27"Алавес" — "Барселона". Педри, Ямал, Рафинья ва Левандовски асосий таркибда  1 18:09Вадим Абрамов: "Ўйин ғалати ҳодисаларга бой бўлди. Бизнинг дарвозамига ҳар доим пенальти тепишади, биз эса ҳеч қачон"  11 18:00АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:31А Серия. "Ювентус" 88-дақиқада урилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, Консейсау симуляция учун майдондан четлатилди  3 16:42"Реал" Карвахалнинг жароҳати сабаб қишдаёқ Александер-Арнольдни харид қилиши мумкин  2 16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  1 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  88 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  3 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  4

Namangan viloyati hokimi o'rinbosari "Navbahor"ga homiylik uchun pul olib, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgani aniqlandi Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi o'rinbosari "Navbahor"ga homiylik uchun pul olib, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgani aniqlandi

Namangan viloyati hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlagan Saidahmad Sultonov firibgarlik va juda ko'p miqdordagi byudjet mablag'larini talon-toroj qilganlikda aybli deb topildi.

"Zamhokim"ning qilmishlari orasida tadbirkorlardan "Navbahor" futbol klubiga homiylik uchun pul olib, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborish holatlari ham uchraydi.

Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikaciyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidahmad Sultonovga nisbatan sud hukmi o'qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Hukmda keltirilishicha, Saidahmad Sultonov tender savdolari o'tkazilmagan va loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda viloyat hududidagi bir nechta ichki yo'llarni qurish ishlarini og'zaki ko'rsatmalar bilan "Namangan qurilish dizayn savdo" MCHJga topshirgan. Bu orqali MCHJ rahbari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, byudjet mablag'larini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilinishiga sababchi bo'lgan.

Jumladan, jinoiy sheriklar tomonidan 4 ta holatda bajarilmagan ishlarni qo'shib yozish orqali qariyb 15,5 mlrd so'm miqdordagi byudjet mablag'lari o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilingan. Saidahmad Sultonov mazkur to'rtta holatda yo'l qurilish obektlarini hech qanday tegishli hujjatlarsiz "Namangan qurilish dizayn savdo" MCHJga topshirib, o'z vaqtida moliyalashtirilishiga yordam bergan. U ushbu "xizmati" uchun MCHJ rahbaridan 2021 yil dekabr oyida 10 ming dollar, 2022 yil noyabr oyida 20 ming dollar, 2023 yil mart oyida 20 ming dollar pulni ulush sifatida olgan.

Bundan tashqari, Saidahmad Sultonov o'ziga Namangan viloyati hokimligi balansidagi Captiva mashinasi biriktirilgan bo'lsa-da, 2020 yil iyul oyidan 2023 yil dekabr oyiga qadar Namangan viloyat qurilish va uy-joy kommunal boshqarmasi balansidagi Hyundai Tucson mashinasidan xizmat va shaxsiy maqsadlarda foydalanib kelgan. Bu davrda u 13 359 litr benzin sarflab, davlat va jamiyat manfaatlariga 128 mln so'mdan ortiq zarar etkazgan.

Saidahmad Sultonovning qilmishlari orasida tadbirkorlardan "Navbahor" futbol klubiga homiylik uchun pul olib, o'z shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborish holatlari ham uchraydi. Jumladan, u 2023 yil avgust oyida go'yoki "Navbahor" futbol klubiga xomiylik qilish maqsadida "Suv taminoti va oqova suv obektlari qurilishi bo'yicha injiniring kompaniyasi" UK Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'iga "Stroy melio montaj" va "Nasos tamir" MCHJ rahbarlarining har biridan 15 ming dollardan jami 30 ming dollar olib berish yuzasidan topshiriq bergan. So'ngra ushbu pullarni olib, futbol klubiga bermasdan, shaxsiy ishlariga sarflab yuborgan.

SHuningdek, Saidahmad Sultonov 2018 yil 26 noyabr kunidan 2020 yil 20 oktyabr kuniga qadar Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab, juda ko'p miqdordagi byudjet mablag'larini rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilgani ham aniqlangan.

Saidahmad Sultonov sud hukmi bilan Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining "a" bandi (juda ko'p miqdorda o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi 4-qismining "a" bandi (juda ko'p miqdorda firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining "a" bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Malumot uchun, Saidahmad Sultonov 2020 yilning oktyabr oyida Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikaciyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlangandi. Unga nisbatan 2023 yilning 15 dekabr kuni qamoq ehtiyot chorasi qo'llangan.

Reyting: -25   

Fikrlar

+8   
19 avg 14:08:12
Mamadiyorov Mahmud
Ҳеч қайси зам. хоким хокимни топшириғисиз бундай ишлар қилаолмайди, бекорга зам бўлдинг ам бўлдинг дейишмаган, гап юқорида.
+7   
19 avg 13:56:43
Зинуp
Нимагадур хар дойим замлар кулга тушади
+6   
19 avg 13:40:11
Aziz Yuldashev
Намангандаги тадбиркорларнинг бири икки бўлмайди эканда 15 минг доллардан хомийлик қилишга мажбурланаверса.
+5   
19 avg 13:47:00
Odilbek Abdushukurov
Babayandan ham battarlari bor ekan-da. Shu sabab ham klub rivojlanmaydi.
+4   
19 avg 14:42:13
UzBekistanTEAMFCCC
Ўзбекистонда фохишаликни йўқ қилинишга ишониш мумкин. Аммо бюджетни кемирувчи ва порахўрликни тугатишга ишони қийин.
+4   
19 avg 14:37:55
UzBekistanTEAMFCCC
Ман шунақалар мақатаниб зўр мошина, яхши уй жой, фарзандлари яхши ўқишда ўқиши, ажойиб тўйлар. Бляяяя хаммаёқда бюджет кемурувчи каламушлар. Турувни қарайлар қўй оғзидан чўп олмаган одамдай турибди. Бор будини мусодара қилиб хаммасини жойига қайтариб қўйдириш керак.
+3   
19 avg 16:42:36
F.K.N.
Афсуски коррупция юртимизда жудаям ривожланиб кетди афсус.
+3   
19 avg 15:25:47
Liverol Motor Oil
Мана хақиқий ватанпарвар!
Қули куксида,кастюм-шим,узига чиройли қараган.
Мадхияни эшитганда кузига ёш келади.
Интервьюларида "Янги Узбекистонни кукларга кутариб,юритилаётган сиёсатимиз жудаям туғрилиги,ватанимизнинг келажиги буюклиги,Янги Узбекистоннинг янги ёшлари хали дунёни забт этиши ва албатта юртбошимиз барча шароитларни яратиб бераётганликлари" хақида бонг урадиган асл башаралар.
Ортдан қилаётган ишини курсанг бундайларнинг оғзи ва ошқозони 40тадан булса керак деб уйлайсан.
Туғри келган хамма нарсани уғирлайди,узлаштиради,тортиб олади....еб туймаган ялаб хам туймас экан.
+2   
19 avg 15:20:10
229
2 йилдан кейин қамоқдан чиқиб, қаергадур хоким ёрдамчиси булиб ишга киради. Бу схема ҳар доим булган
+2   
19 avg 15:02:29
Аббосхужа
Muhsin 1986 foydalanuvchining fikriga javob berish
Бабаян бекорга кочмабти демак
Чунки у шунақа бўлишини билган. Агар замҳокимга шерикчилиги бўлса, маниям ўраб кетади деган. Қисқаси замми, ҳокимми қайси ҳаром еган бўлса қонун олдида жавоб берсин.
+2   
19 avg 13:48:28
Samcity
Bularni qo'lini ko'ksiga qo'yishdan qo'rqish kerak
+2   
19 avg 13:45:10
Odilbek Abdushukurov
Hokimlarga yarashaveradi, qolganlarga "sholpillab" qoladi..
+2   
19 avg 13:38:12
chorbog'
Xechnima qilmaydi Namanganda pul ko'p . Axir aytishadiku Namangan pullar shahri.
+1   
19 avg 17:15:33
Shuxrat Nabiyev
rustam foydalanuvchining fikriga javob berish
Разве он один такой? По всему Узбекистану воруют государственные деньги. Пока президент не ужесточит закон за разворования государственных денег смертной казнью ничего не изменится.
Ман хам СССР пайтга усганман узбекча ёзаверинг Ман хам русча ёзишим мумкин
+1   
19 avg 15:48:12
Man_Utd Norin
Shu xaromdan xazar qilmaydiganlar har birimizni xaqqimizni yegan .bu bir kishini ishimas hammasini ushlash kerak qani adolat bolsa. 7 yil qamoqda o'tadimikan yo chet elda kayf qilib keladimikan ,
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика