So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  1 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  11 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  2 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  13 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  47 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  8 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" klubiga yangi prezidentni tayinladi Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" klubiga yangi prezidentni tayinladi

Teglar :  Navbahor
Bugun “Navbahor” o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingoh foyesida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan shahar hokimi G'ofurjon Orifjonovich Jamalov, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o'yingoh rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi, “Navbahor” fan-klubi, shuningdek, jamoaning faxriy, ashaddiy, sadoqatli hamda fidoyi muxlislari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat Abdurazzoqov yig'ilganlarni tez kunlar ichida start oladigan yangi – 2021 yilgi futbol mavsumi bilan tabriklab, bo'lajak mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo'lishini tiladi.

SHundan so'ng, SHavkat SHokirjanovich “Navbahor” klubi strukturasi o'zgarishini aytib, shu kungacha klubda vice-prezident lavozimida faoliyat olib borgan Otabek Arifovich Samatovni klub prezidenti etib tayinladi. Viloyatimiz rahbari ushbu qarorini Otabek Samatovning sobiq futbolchi bo'lganligi, futbolni teran tushunishi bilan izohladi.

SHuningdek, shu kungacha “Odil Junior” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan Akmal Sohibov ham “Navbahor” PFKda ish boshlaydigan bo'ldi.

Viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov shuningdek, “Navbahor” klubi uchun yangi, zamonviy avtobus xarid qilinganligi va avtobus tez kunlar ichida Namanganga etib kelishi, muxlislar yangi mavsumda jamoani munosib tarzda qo'llab-quvvatlab turishlari lozimligini takidladi.

Yig'ilish davomida muxlislar SHavkat Abdurazzoqovga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, o'z takliflarini bildirishdi.

Viloyatimiz rahbari muxlislarning savollariga javob bergan holda, takliflarning o'rganib chiqilishini aytib o'tdi.

“Navbahor” bosh murabbiyi No'mon Hasanov yangi mavsumda jamoa hujumkor o'yin namoyish etishi, maqsad har bir o'yinda g'alaba qozonish ekanligini takidlab o'tdi.

Yig'ilish so'nggida faxriy muxlislar yangi mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo'lishi, jamoa sovrindorlar safidan o'rin olishi tilagan holda, duo qilishdi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика