So’nggi yangiliklar

09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  6 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  5 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  13 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40

Nahotki! Argentina ustozi Skaloni futbolchi bo'lgan payti Messidan libosini so'raganini yodga oldi Yangiliklar

Nahotki! Argentina ustozi Skaloni futbolchi bo'lgan payti Messidan libosini so'raganini yodga oldi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni terma jamoa yulduzi Lionel Messi bilan futbolchi bo'lib yurgan paytlari ro'y bergan voqeani yodga oldi.

"Men "Malorka"da o'ynab yurgan paytlarim Messiga qarshi o'ynaganman. Bir gal o'yindan oldin unga shunday dedim: "Ey argentinalik yigit, o'yin yakunlanganidan keyin libosingni menga ber". U tabassum qildi va "Salom, albatta senga libosimni beraman", - dedi. Uchrashuv yakunlandi, men esa Messiga qaradim va uni yonida mening jamoadoshim Vebo turardi. Messi esa Veboga meni ko'rsatdi, Vebo ketdi. Messi libosini menga berdi va unga "Futbolkangni menga qoldirganing uchun rahmat", - dedim.

U esa "Do'sting ham mendan so'radi, lekin unga sen birinchi bo'lib so'raganingni aytdim", - dedi. Men kiyinish xonamizga kirdim va qo'lida Messining libosini ushlab turgan Veboni ko'rib hayron qoldim. Undan "bu futbolkani qaerdan olding", - deb so'radim. U esa shunday dedi: "Messi menga Skaloni birinchi bo'lib so'radi, lekin kiyinish xonasiga kirsang senga boshqasini beraman deb aytdi". Men ularning kiyinish xonasiga bordim, Leo esa libosini ushlab meni kutib turgan ekan.

Messi yoshligidan kamtar o'yinchi bo'lgan va aynan shu jihat uni dunyoning eng zo'rlaridan biriga aylantirgan".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика