MYU joriy mavsum Maguayr asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarda faqat yutqazgan
09 sen 2022 12:52
Yangiliklar
MYU joriy mavsum Maguayr asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarda faqat yutqazgan
"Manchester Yunayted" himoyachi Harri Maguayr uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan 3 ta o'yinda mag'lub bo'lgan va usiz kechgan 4 ta bahsda g'alaba qozongan.
Kecha "Manchester Yunayted" Evropa Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Real Sosedad”dan mag'lub bo'ldi (0:1).
Erik ten Hag jamoasi uchta o'yinda mag'lubiyatga uchradi – "Yunayted" mavsum boshida APLda "Brentford" va "Brayton"ga yutqazdi. Maguayr esa ushbu uchta o'yinda ham maydonga tushgandi.
CHempionat boshidagi ikkita mag'lubiyatdan so'ng ten Hag angliyalikni zaxiraga o'tkazdi va "Manchester Yunayted"da 4 o'yindan iborat g'alabali seriya nasib qildi.
Maguayr g'alabali o'yinlarning uchtasini to'liq zaxirada o'tkazdi va bittasida 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar