MYU Gakpoga muqobil sifatida Osimxen variantini ko'rib chiqishga tayyor
29 dek 2022 13:00
Yangiliklar
MYU Gakpoga muqobil sifatida Osimxen variantini ko'rib chiqishga tayyor
"Manchester Yunayted" Kodi Gakpoga muqobil sifatida "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni qo'lga kiritmoqchi.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi "Liverpul"ga o'tishga qaror qilganidan so'ng "Manchester Yunayted" Gakpo o'rniga boshqa nomzod izlay boshlagan. Va hozircha bu nomga Osimxen asosiy davogar.
Oldinroq 23 yoshli nigeriyalik futbolchi yaqin orada Italiya klubini tark etmoqchi emasligini aytgandi.
Osimxen "Napoli"da 2020 yilning sentyabridan buyon to'p tepib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsum u neapolliklar safida 14 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar