MYU Barselona futbolchisini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi himoyachiga aylantirmoqchi
31 mar 10:56
Yangiliklar
MYU Barselona futbolchisini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi himoyachiga aylantirmoqchi
Manchester Yunayted Barselonaning chap qanot himoyachisi Alexandro Baldega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Inglizlar chap qanotdagi muammolarni aynan Alexandro Balde bilan yopishni istashmoqda.
Xabarlarga ko'ra, «qizil iblislar» himoyachiga yiliga 12 million evrodan ortiq maosh taklif qilmoqchi. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, 21 yoshli futbolchi dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachiga aylanadi.
Biroq futbolchining o'zi «Barselona»ni tark etish niyatida emas. Shuningdek, «Barselona» ham asosiy himoyachisi bilan xayrlashishni maqsad qilmagan.
Alexandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar