MYU Amorimga istefo uchun 10,05 mln funt to'lab berishi kerak
05 jan 22:01
Yangiliklar
MYU Amorimga istefo uchun 10,05 mln funt to'lab berishi kerak
"Manchester Yunayted" uchun Ruben Amorimning istefosi qanchaga tushishi malum bo'ldi.
talkSPORT nashrining xabariga ko'ra, 2024 yilning noyabr oyida tayinlangan portugaliyalik mutaxassisning maoshi yiliga 6,7 million funtni tashkil qilgan. U "Yunayted"dagi faoliyati davomida 7,8 mln funt ishlab topgan.
Shartnoma shartlariga ko'ra, murabbiy istefoga chiqarilgach, klub unga kontraktdagi qolgan barcha summani to'lab berishi shart. Bu miqdor 10,05 mln funtni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, Amorim tayinlanayotgan vaqtda "Yunayted" "Sporting"ga 9,5 mln funt tovon puli to'lagan edi. Shu tariqa, Amorim MYUga jami 27,35 mln funtga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar