So’nggi yangiliklar

22:57Миллатлар лигаси. Хорватия 90+5 дақиқадаги автогол сабаб ғалабани қўлдан бой берди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:49Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган бешта ўйин учун таркиблар билан танишинг  1 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  9

Muzaffar Abdullaev: “G'alaba fursati etdi” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “G'alaba fursati etdi”

Oliy liganing 25-tur bahslari boshlanish arafasida. Ushbu turda “So'g'diyona” o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.

Birinchi davrada bu bahs 3:1 hisobida “Metallurg” foydasida yakunlangan edi.  

Bugun ikki jamoa ishtirokidagi  mavsumdagi ikkinchi o'yinning  guvohiga aylanamiz. Ushbu bahs oldidan o'tkan mavsumdagi “So'g'diyona” jamoasining “Mustahkam qo'rg'oni” deya tarif berilgan va joriy mavsumning ikkinchi davrasida yana jizzaxliklar sharafini himoya qilayotgan mahoratli darvozabon Muzaffar Abdullaevdan intervyu olishga qaror qildik.  


MUBORAKDA IKKI OCHKO YO'QOTDIK

“Mashal”ga qarshi jiddiy tayyorlarlik ko'rgan edik. O'yin qiyin o'tishini ham oldindan bilar edik. Hammaga malum “Mashal ” o'z maydonida  chempionatimizning “GRAND” jamoalarini ham mag'lubiyatga uchrata olgan. Biz Muborakka g'alaba ilinjida borgan edik. O'yin davomida jamoadoshlarim bir nechta havfli vaziyatlar va qarshi xujumlar tashkil qildi. O'yin davomida raqiblardan ko'ra golga tortadigan vaziyatlarni biz ko'proq yaratdik. Ammo gol urishni uddasidan chiqa olmadik. Bahsdagi bitta vaziyatdan foydalana olganimizda edi , g'alaba biz tarafda bo'lar edi. Safarda biz biz uchun qimmatli bo'lgan ikki ochko yo'qotdik.


G'ALABA FURSATI ETDI

Jamoa man uchun begona emas. Men aynan shu klubda Oliy ligada debyut qilganman. “So'g'diyona”ga ikkinchi davrada g'alabali onlariga o'z hissamni qo'shish uchun kelganman. Bu mavsumda xech bir jamoa to'liq ustunlikda g'alaba qozona olgani yo'q. Hech bir jamoa bilan kurashish onson bo'lmayapti. Ikkinchi davrada o'z maydonimizda hali g'alaba qozona olganimiz yo'q.Ammo bu holatni masum yakuniga qadar ettirmaslik niyatidamiz. “Metallurg” kuchli va kurashuvchan jamoa bo'lsa-da,jamoadoshlarim bilan muxlislar kutgan chiroyli o'yin namoyish etib,biz uchun suv va havodek zarur bo'lgan uch ochkoni qo'lga qiritishga harakat qilamiz.

BO'LAJAK O'YINLAR OLDIDAN...

To'g'ri,mavsum davomida xatolar ko'proq bo'ldi. Biz bu masumda oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolib,kelasi mavsumda etakchilar uchun asosiy bosh og'riq bo'lishga harakat qilamiz. Oldinda bizni bir biridan qiziq 5 ta o'yin kutmoqda. Mazkur bahslarda o'zimiz uchun kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz deb ayta olaman.


ISHONCH UCHUN MUXLISLARDAN MINNATDORMAN

Maydonda to'p tepayotgan har bir futbolchi g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. SHu o'rinda biz ham. Bo'lajak o'yindan oldin muxlislarga aytmoqchiman-ki,ularning qo'llab-quvvatlashi bizga yanada kuch bag'ishlaydi. Biz doimo ular uchun chiroyli o'ynab g'alaba qozonishga qarakat qilamiz va umid qilamiz-ki, “Metallurg ” bilan bo'lajak bahsda muxlislarmiz biz bilan birga bo'lishadi. Men “So'g'diyona” va jizzaxliklarni hurmat qilaman. Menga bildirilgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

So'zim yakunida shuni alohida takidlab aytmoqchiman-ki,jamoamiz rahbariyati,murabbiylari va  futbolchilar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratdi. Buning uchun barcha futbolchilar nomidan tashakkur aytmoqchiman.

"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика