So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Muxtor Qurbonov: “G'alabaga bunchalik oson erishishimizni kutmagandim” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “G'alabaga bunchalik oson erishishimizni kutmagandim”

Oliy liganing 16-tur doirasida bo'lib o'tgan, ikinchi davraning ilk uchrashuvida “SHo'rtan” o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi va yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

O'yin yakunida matbuot hizmati vakillari bilan o'tkaziladigan ananaviy suhbat davomida “Oq bo'rilar” bosh murabbiyi Muhtor Qurbonov ushbu uchrashuv taasurotlari bilan bo'lishdi.

Barchaga ayon “Neftchi” turnir jadvalida 3-o'rinda ketayotgan jamoa. SHu sababli o'yin ancha qiyin kechadi deb kutgandik. Birinchi davraning ohirida yomon natijalarni qayd etganligimiz sababli, davralar oralig'idagi 20 kunlik tanaffusda o'z ustimizda jiddiy ishlashga, puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik va o'tgan mag'lubiyatlarni shu chiroyli g'alabamiz bilan “yuvdik” deb o'ylayman. Ushbu tanaffusda jamoadan ketganlar bor, ularning o'rniga kelgan yangi Botir Qoraev,Sarvar Jo'raev, Sunnat Mamadaliev kabi futbolchilarimiz ham bor. Bu omil ham o'z samarasani bermasdan qolmadi. Yigitlar bugun ishonchimni oqlashganidan hursandman va ularga buning uchun alohida o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bundan tashqari, bugun g'alabaga bunchalik oson erishishimizni kutmagandik. “Neftchi”dan kuchli o'yin kutgandik. Sababi, shu kungacha joriy chempionatda farg'onaliklar 15 uchrashuvda atigi 9 ta gol o'tkazishgan ekan, bugun esa bir uchrashuvning o'zida to'rtta gol raqibimiz uchun achinarli hol bo'ldi deb o'ylayman. Lekin bu bilan mehmonlar etarlicha qarshilik ko'rsatmadi deb hisoblamayman. To'g'ri bizda ham hatolar ko'zga tashlanib turdi. Birgina Eldor Tojiboevning noaniq harakati bilan o'z darvozamizga gol o'tkazib yubordik. Ammo yigitlar o'yinni tiklashga erishdi va bugun biz g'alaba qozondik.

Bugungi g'alabaga “Neftchi” jamoasining bazi futbolchilari maydonga tusholmagani sabab bo'ldimi yoki “SHurtan” tarkib jihatddan biroz o'zgargani o'z samarasini berdimi?

Doimiy ravishda ijobiy natijalarni va kuchli o'yin namoish etib kelayotgan jamoa bir-ikkita futbolchisi sababli o'z o'yinini yo'qotib qo'yishi mumkin deb o'ylamayman. SHu sababdan, jamoamizdagi o'zgarishlar ko'proq yordam berdi deb hisoblayman. Keyingi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rib, mavsum yakuniga qadar muhlislarimizni hursand qilamiz va ishonchlarini oqlaymiz degan umiddaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика