So’nggi yangiliklar

15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  0 15:10"Пахтакор" — "Динамо" 2:2 (Матнли трансляция)  16 14:37"Ювентус" — "Кальяри". Влахович асосий таркибда  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  2 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  3 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  10 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4

Muxlislar uchun mavzu. Kapadze elon qilgan ro'yxat yodingizdami? Yangiliklar

Muxlislar uchun mavzu. Kapadze elon qilgan ro'yxat yodingizdami?

Xabaringiz bor, fevral oyi o'rtalarida O'FA O'zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi deb o'tgan yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Timur Kapadzeni tayinlandi.

Keyin oradan ikki-uch kun o'tar o'tmas Kapadze mart oyida bo'ladigan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi uchun kengaytirilgan ro'yxatni O'FAga taqdim etgandi. Yaxshi bilasiz, shu oyning ikkinchi yarmida bizni Afrikaning ikki jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari kutib turibdi.

Dastlab 23 mart kuni Senegal bilan bahs olib borsak, o'yindan to'rt kun o'tib martning 27-sanasida Marokashga qarshi maydonga tushamiz. Yaxshi bilasiz, har ikkala raqibimiz Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Quyida Timur Kapadze elon qilgan 30 futbolchidan iborat ro'yxatni yana bir bor keltirib o'tamiz. Sizningcha, o'tgan bir oyga yaqin vaqt davomida ro'yxatdagilardan kimlar o'zini ko'rsatdi? Qaysi futbolchilarni terma jamoaga loyiq yoki noloyiq deb hisoblaysiz? SHuningdek, tarkibga yana kimlarni qo'shsa bo'ladi?

Terma jamoamiz Afrikaga 23 nafar futbolchi bilan yo'l olishni rejalashtirayotganini inobatga olsak, tarkibda kimlar bo'lgani maqul? Marhamat, bu borada o'z fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov ("Paxtakor")
Botirali Ergashev ("Navbahor")
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar:
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Dostonbek Tursunov ("Neftchi")
SHerzod Azamov ("Paxtakor")
Umar Eshmurodov ("Nasaf")
Anzur Ismoilov ("CHan CHun Yatay", Xitoy)
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv")
Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva, Rossiya)
Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG", Xitoy)
Otabek SHukurov ("SHarja", BAA)
Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")

Hujumchilar:
Temurxo'ja Abduholiqov ("Al Sayliya", Qatar)
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика