So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  3 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  30 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Mutolaa uchun. Sinisha Mixaylovich faoliyatining kundaligi: "Lacio" bilan sovrin, jarima zarbasidan xet-trik, Manchini bilan do'stlik Yangiliklar

Mutolaa uchun. Sinisha Mixaylovich faoliyatining kundaligi: "Lacio" bilan sovrin, jarima zarbasidan xet-trik, Manchini bilan do'stlik

Sinisha Mixaylovich vafot etdi.

90-yillarning eng xarizmatik futbolchilaridan biri va 2000-yillar boshida murabbiyga aylangan inson leykemiya bilan uzoq vaqt kurashdi – va kasallik baribir o'zinikini oldi.

Fotoalbomni ochish va Sinishani nega yaxshi ko'rib qolganingizni eslash uchun qayg'uli sabab.

Sinisha Mixaylovich 19 yoshidayoq katta futboldagi ilk mavsumida "Voyvodina" tarkibida Yugoslaviya chempioniga aylanadi. Iqtidorli himoyachini ikki yil o'tib kuchli "Crvena Zvezda"ga olishdi. Sinisha ushbu jamoada birdan CHempionlar Kubogini qo'lga kiritdi, unga qadar yarim finalda jarimadan "Bavariya"ga gol urdi, finalda o'yindan keyingi penaltilar seriyasida 11 metrlik nuqtadan adashmadi.



Keyingi qadam A Seriya bo'ldi. Mixaylovich "Roma"da paydo bo'ldi: u erda uni yarim himoyaning chap qanotiga qo'yishdi yoki zaxirada qoldirishdi. Sinisha ko'p marta faoliyatining ushbu bosqichini eng yomoni deb atagan.

Serb shuningdek Franchesko Tottining faoliyatini yo'lga qo'yganini, aynan u murabbiyga ushbu yigitni tarkibga kiritishni maslahat berganini eslaydi.



Mixaylovich "Roma"dan "Sampdoriya"ga qochdi – o'yinchi u erda yana futboldan zavq olishni boshladi. Sinisha Genuya klubida nihoyat markaziy himoyachiga aylandi va jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha A Seriya rekordlarini yangilay boshladi.



Umuman olganda u erda ajoyib jamoa yig'ilgandi: Zenga, Gullit, Lombardo, murabbiy Sven-Yoran Eriksson, so'ngra Zeedorf va Karambe paydo bo'lishdi. Sinishaning o'sha tarkibdagi eng asosiy do'sti Roberto Marchini edi, so'ngra ular birgalikda "Lacio"ga yo'l olishdi va "Inter"da ishlashdi.



Yugoslaviya terma jamoasining diskvalifikaciyasi sabab Sinisha 1998 yildagina ilk katta xalqaro turnirga yo'l oldi. U ilk o'yindayoq Eronga jarimadan gol urdi. Yugoslavlarni JCH-98da ham, Evro-2020da ilk bosqichda Gollandiya to'xtatib qoldi.



Sinisha jahon chempionatidan so'ng faoliyatida ikkinchi bor Rim klubiga o'tdi. Bu safargisi uning eng yaxshi do'sti Manchini bir yildan beri o'ynayotgan "Lacio" edi. Bu erda ehtimol Sinishaning faoliyatidagi asosiy voqea sodir bo'lgandir – jarima zarbasidan xet-trik.



Sinishaning sobiq klubi "Sampdoriya"ga uchta kuchli zarbani yo'llagani ramziy manoga ega. Darvozabon Fabricio Ferron bir necha yillar davomida mashg'ulotlarda Mixaylovichning jarima zarbalarini qaytarishga uringan, ammo o'yinda bu yordam bermadi.




Mixaylovich faqatgina jarima zarbalarida ajoyib o'yin ko'rsatmadi. U markaziy himoyada Nesta bilan ajoyib duet hosil qildi. Ular birgalikda ilk mavsumdayoq A Seriyada eng kam to'p o'tkazib yuborishdi, keyingi yili esa Skudettoga ega chiqishdi.



Sinisha aynan "Lacio" safida Italiyada eng ko'p o'yinlarini o'tkazgan va gollarni urgan. U faoliyatida klub bilan UEFA Superkubogi, Kubok egalari kubogi va ikki bor Italiya Kubogida zafar quchgan.

Mixaylovich murosasiz edi va qattiqroq o'ynashdan tortinmagan. Uning o'zi bazida Fernandu Koutu bilan birgalikda qurbonni tanlashgani, ilk daqiqalardan unga qarshi harakat qilishgani va provokaciya qilishni boshlashganlarini tan olgan. Bir paytlar yosh Zlatan Sinishaning qurboni bo'lgan – ammo yigitlar yarashishgan va "Inter"da do'stlarga aylanishgan.



"Lacio"dagi ajoyib 6 yildan so'ng Sinishani "Inter" o'ziga chorladi, u erda aynan Roberto Manchini murabbiylik qilishni boshlagandi. Do'stlar yana birlashishdi, serbiyalik himoyachi esa yana biroz A Seriyada ushlanib qoldi. Va Milan klubi kalchopoli natijasida bitta chempionlikka ham erishdi.



Sinisha ham murabbiylikni boshladi – u do'sti Robertoning assistentiga aylandi. Mixaylovich Zlatan bilan do'stlashdi va shvedga hatto jarimadan tepishni ham o'rgatdi. Manchini 2008 yilda "Inter"dan ketdi, Sinisha ham uning ortidan jamoani tark etdi.



Sinishani o'shanda "Bolonya"ga chorlashdi. Birinchi urinishda o'xshamadi: 22ta o'yinda 4ta g'alaba.



Mixaylovich yarim yildan so'ng umidsiz "Kataniya"da ko'rinish berdi. Ko'pchilikni hayratda qoldirgan holda jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi, u ikkinchi o'yindayoq "Yuventus"ni mag'lub etdi, so'ngra "Inter"ga qarshi o'yinda ham zafar quchdi. Jamoa 13-o'rinda mavsumni yakunladi, serbni esa "Fiorentina"ga taklif qilishdi.



Sinishaning sharfi to'liq mos keldi. Natijalar o'rtacha edi.



So'ngra Mixaylovichga Serbiyani JCH-2014ga olib chiqish ishonildi. Barchasi saralash bosqichidayoq yakunlandi – jamoa Xorvatiya, Belgiya va Uelsi bor guruhda uchinchi o'rinni egalladi. Sinisha shundan so'ng Italiyaga qaytdi.



"Sampdoriya"ga qaytish yaxshi qadam bo'ldi. Ikkita munosib mavsum: birinchisida ishonchli tarzda quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolindi (murabbiy oldiga shunday vazifa qo'yilgandi), ikkinchisi evrokuboklarga yo'l olish.



Muvaffaqiyatlarga qayta qurishni davom ettirayotgan "Milan" qo'shildi. "Lacio" afsonasi va "Inter" yulduzi uchun maksimal bahsli tanlov, ammo baribir faoliyatidagi jiddiy chaqiriq. Aynan Sinisha Donnarummaga ishonch bildirdi, ammo murabbiy boshqa katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. U erda bir mavsumdan kamroq bo'ldi.



Sinisha Rimda o'ynagan, Genuya va Milanda o'ynagan va ishlagan. Navbat Turinga va mahalliy "Torino" klubiga.



"Torino"dagi faoliyatining eng yorqin xaylayti – darvozabonni shug'ullantirish. Sinisha hatto 48 yoshida ham to'pni to'qqizlikka joylashni unutmagan. "Men odatda dushanba-seshanba kunlari darvozabonlar bilan mashg'ulot uyushtiraman. O'z zarbalarim bilan xafa qilganimdan va ular o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotishlaridan so'ng yigitlarda ketishga vaqtlari bo'ladi", – deb hazillashdi Mixaylovich.




2018 yilda Sinishani Lissabonning "Sporting" klubi chorladi. Klub 9 kundan so'ng boshqaruvni o'zgartirdi – Mixaylovich esa yana Italiyaga qaytdi.



Mutaxassisni u erda "Bolonya" kutayotgandi. Xavfli hududda bo'lgan jamoa serbiyalik murabbiy qo'l ostida klubning zamonaviy tarixidagi eng yorqin davrlaridan birini o'tkazdi.



Sinisha 2019 yilning iyulidagi maxsus matbuot anjumanida tashxis haqida aytib berdi – unda leykemiya aniqlangandi. Mavsumoldi tayyorgarligi o'rniga – kimyoviy terapiya kursi. Ammo, Mixaylovich birinchi o'yingacha qaytdi.



Mixaylovichni butun A Seriya qo'llab-quvvatladi va uning o'zi ham imkoni boricha faol davolandi va jamoa bilan aloqada bo'lib turdi. Telefon orqali, skayp orqali. Futbolchilar g'alabadan so'ng shifoxona oynasi yoniga kelishdi va murabbiy uchun qo'shiq kuylashdi.

"Kasalligim haqida elon qilganda, uni jangga chorlashimni va kim g'alaba qozonishini ko'rishimizni aytdim. Bo'lar ish bo'ldi. "Verona" bilan o'yinni eslayman, o'shanda tirik joyim yo'q edi va kepkada yuradigan skeletga o'xshab qolgandim, ammo jamoaga ular bilan bo'lishga vada bergandim".

Sinisha kasallikni engadigandek edi. Uning o'zi bunga ishondi, ammo futbol va "Bolonya"ga etiborini qaratishni afzal ko'rdi".



O'tgan yili Mixaylovichda umuman barchasi ajoyibdek ko'rindi. U kuch-quvvatga to'la odamdek ko'rinardi. Biz uning kasalligini emas, krossovkalar kollekciyasini muhokama qilgandik.



2021 yilning martida Sinisha va Zlatan hatto "San-Remo" musiqa festivalida ham ishtirok etishgan. Ular qanday baxtli!



2022 yilda leykemiya qaytdi. Sinisha martda yana shifoxonaga yotqizildi: "Kasallikning tiklanish xavfi mavjud, bu hiyla-nayrang kasalligidir. Bu safar unga etib olish uchun o'ynayman va qo'yib yubormayman. Agar birinchi dars etarli bo'lmagan bo'lsa, yana birini o'rgataman".

Murabbiy yakunda kasallikni o'yinchilarning motivaciyasi uchun ishlatdi. "Inter"ga qarshi g'alabadan so'ng butun jamoa yana shifoxona oynasiga yig'ildi.



2022/23 yilgi mavsum yaxshi boshlanmadi – 5ta o'yinda atigi 3 ochko. Sentyabrda Sinisha istefoga chiqarishdi.



Mixaylovich 1 dekabrda so'nggi bor ommaga ko'rinish berdi – u Zdenek Zemanning kitob namoyishiga keldi.



Sinisha Mixaylovich 2022 yilning 16 dekabrida vafot etdi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика