So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Mutolaa uchun. Minglab g'azablangan muxlislar "Mestalya"da. "Valensiya"ni cho'ktirayotgan xo'jayinga qarshi kuchli namoyish Yangiliklar

Mutolaa uchun. Minglab g'azablangan muxlislar "Mestalya"da. "Valensiya"ni cho'ktirayotgan xo'jayinga qarshi kuchli namoyish

Klubni xavfli hududgacha olib bordi.

"Valensiya" muxlislari rahbariyatdan singapurlik biznesmen Piter Limni olishga urinishmoqda. "Atletik" bilan o'yindan oldin (yana mag'lubiya – 1:2) muxlislar "Mestalya" atrofida katta ko'lamdagi norozilik akciyasini uyushtirishdi.






Namoyishchilar "Lim, uyinga bor" deya iddao qilishdi. Bu xabar ko'plab banner va plakatlarda yozilgan edi.



"Piter Lim, yaramas, yo'qol". "Valensiya" muxlislari anchadan beri norozilik bildirishadi – jamoa xavfli zonaga ham tushib bo'ldi


Lim 2014 yilda "Valensiya" xo'jayiniga aylandi. O'sha paytdan beri evrokuboklarning doimiy ishtirokchisi La Liga autsayderiga aylandi. Jamoa hozirda 18-o'rinda bormoqda, ammo uning ortidagi "Xetafe"da zaxira o'yin mavjud, shu sabab "Valensiya" oxirgidan bitta oldingi o'ringa ham tushishi mumkin.

Hozirda shaharda Piter Limdan ko'ra nafratlaniladigan inson yo'q. Muxlislar uzoq vaqtdan beri xo'jayinni klubdan haydashga urinishadi.

Muxlislar 2021 yilning iyunida osmono'par binoda Limning rasmini yoqishdi.



Piter bundan ajablanmadi – muxlislar esa olg'a borishdi.



Norozichilik shunchalik ommalashdiki, u hatto stadionning o'zida ham davom etdi: muxlislar "Elche" (2:1) bilan o'yinning 19-daqiqasida chaqiriq yozilgan sariq qozog'larni ko'tarishdi: "Piter, uyingga bor". Endi bunaqasi deyarli har bir uy o'yinida ro'y beradi.



2021 yilning dekabrida nafratlaniladigan prezidentga qarshi 15 ming atrofida inson chiqdi.



O'tgan mavsumning so'nggi kunida esa 10 ming inson Limga qarshi namoyishga chiqishdi. Ammo, bular uni ajablantirmaydigandek tuyulmoqda – muxlislar bilan aloqa shunchalik uzilganki, rahbarning qizi muxlislardan shunchaki jim bo'lishni va klubni boshqarishga halaqit bermaslikni so'raydi:

"Valensiya"ning bazi muxlislari meni va oilamni qoralaydilar va lanatlaydilar. Nima, ular tushunishmaydimi? Bu bizning klubimiz va biz u bilan xohlaganimizni qilishimiz mumkin va hech kim bu haqda gapira olmaydi".

"Valensiya" yaqinda o'sha "Atletik"ga 1:3 hisobida yutqazgan holda, Kubokda 1/4 finaldan chiqib ketdi. O'yindan so'ng bir necha yuzlab odamlar "Piter, ahmoq, "Mestalya"dan yo'qol", "Bizga shuncha azoblanganimiz ham etadi", "Gattuzo – mushukcha" deya qichqirishdi. Oxirgi ibora Gattuzoning "Valensiya" bosh murabbiyi sifatida o'tgan taqdimotiga ishora bo'lib, unda jurnalist murabbiydan u shermi yoki yoqimli mushukchami, deb so'ragan edi. Jennaro "Nima deb o'ylaysiz? Bu haqda ikki oydan so'ng gaplashamiz" deb javob qaytargan.


Lim deyarli o'yinchi xarid qilmaydi. SHu sabab murabbiylar almashinuvi ro'y beradi, yaqinda shu sabab Gattuzo ketdi


Limga bo'lgan asosiy etirozlardan biri uning tarkibga deyarli sarmoya kiritmasligidir. "Valensiya" yozda bir guruh etakchilarni sotib yubordi: Gonsalu Gedesh "Vulverxempton"ga ketdi, Karlos Soler PSJga, Maksi Gomes "Trabzonspor"ga. Qishda Niko Gonsales ham jarohat oldi, asosiy yarim himoyachi kamida martga qadar safdan chiqdi. Murabbiy Jennaro Gattuzo kim bilandir shartnoma imzolanishini kutdi (tarkibda jami 4 nafar sog'lom yarim himoyachi qolgan) – klubning Saul va Koklenga qiziqishi aytildi, MYUdan Fakundo Pelistrining ijarasi muhokama qilindi. Ammo, qishda hech kim bilan shartnoma imzolanmadi.

Kubokdan chiqib ketganidan so'ng Gattuzo jamoani tashlab ketmaslikka ishontirdi, ammo ligada qolish uchun kurashda "Valyadolid"ga yutqazdi. O'shanda jamoani aeroportda ultras kutib oldi, Gattuzo ular bilan shaxsan gaplashdi va muloqotni kamerada yozib olishga uringan jurnalistni itarib yubordi.



Gattuzo bundan biroz o'tib istefoga chiqdi. U Piter Lim qo'l ostidagi 11-murabbiy – va faqatgina ulardan ikkitasi bir mavsumdan ko'proq ishlagan (Nunu Eshpiritu Santu va Marselino Garsiya Toral). Aytgancha, ikkinchisini ochiqchasiga Limga qarshi borgani uchun istefoga chiqarishgan.

Bunga transferlar ham sabab bo'ldi. Aniqrog'i, ularning yo'qligi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика