Gattuzo Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlangani haqida gapirdi
07 okt 20:23
Yangiliklar
Gattuzo Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlangani haqida gapirdi
Jennaro Gattuzo Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlanishi haqida hazillashdi.
2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro 6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasini boshqarishni o'z zimmasiga oldi va JCH-2026da milliy jamoaga rahbarlik qiladi.
"Men unga xat yozib o'tirmasdan, to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilib gaplashdim. Unga shunday dedim: "Jin ursin, qanaqasiga? Sen atir sepib, sochingga gel surtding va bo'ldi – allaqachon jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu erda "okop"da yotibman", -deydi Italiya termasi ustozi Jennaro Gattuzo.
11 oktyabr kuni italiyaliklar JCH-2026 saralashida Estoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar