So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Mutolaa uchun. Aller saratondan so'ng qaytdi va 7 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Aller saratondan so'ng qaytdi va 7 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi

O'rtoqlik o'yinida ajoyib o'ynadi.


2023 yilning boshida Dortmundning "Borussiya" klubidan ajoyib xabarlar keldi: forvard Sebastyan Aller tuxumidagi saratondan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. O'yinchini asrashdi: u Marbelyadagi yig'inda mashg'ulotlarni avvaliga yakka tartibda boshladi, ammo tezda formasini yig'ib oldi va qolganlarga qo'shildi.


Aller tezda qo'shildi: 10 yanvar kuni debyut qildi, 13 yanvarda esa xet-trikni rasmiylashtirdi


Aller 10 yanvardayoq "Fortuna"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ilk bor maydonga tushdi, u 74-daqiqada Yussufa Mukokoni almashtirdi. Stadion forvardni qarsaklar bilan qarshi oldi.




O'shanda golsiz yakunladi, ammo keyingi o'yinda "yondirdi": Aller 13 yanvarda "Bazel"ga qarshi o'yinda etti daqiqa ichida xet-trik qayd etdi! Va "Borussiya" nega uning uchun o'tgan yozda 30 million evro to'lashdan bosh tortmaganini eslatib qo'ydi. Uchinchi gol o'zgacha texnika bilan urildi – burchak zarbasidan so'ng to'pni oyog'ining tashqi qismi bilan darvozaga yo'naltirdi.




Seba uchun barcha xursand bo'ldi. Penaltidan urilgan birinchi golni nishonlashga hatto darvozabon Gregor Kobel keldi.



Ushbu xet-trik Allerga aniq o'ziga bo'lgan ishonchni qo'shadi. "Aqlbovarqilmas hislarni o'zimdan o'tkazyapman: maydonga qaytish, gol urish, jamoaga yordam berish va tanam qanday yaxshilanayotganini his qilish. Bundan yaxshi scenariyni o'ylab topishning imkoni yo'q. Birgalikda o'sishda davom etamiz va jamoa uchun samarali va foydali bo'lishga umid qilaman. Yigitlar qiyin vaziyat bo'lganini tushunishdi. Ularning qo'llab-quvvatlashini juda ham qadrlayman.

Bundan keyin ham imkoni boricha ko'proq gollar urishga harakat qilaman", – deya xursand bo'ldi o'yinchi bahsdan so'ng.

"Bundan yaxshisi bo'lmaydi! Barchamiz u uchun shunchaki juda ham mamnunmiz", – deya kayfiyatni ajoyib tarzda tasvirladi "Borussiya" tayanch xavbeki Salix Ozjan.


"Bundan o'tishim kerak". Aller saraton haqida bilganida yig'lamadi va etiborini kasallik bilan kurashga qaratdi



Xronologiyani eslatib o'tamiz.

Sebastyanda 2022 yilning yozida "Ayaks"dan o'tganidan birdan moyak saratoni aniqlandi va o'yinchi kimyoviy terapiya kursidan o'tdi. U ikkita operaciyani boshidan o'tkazdi, ikkinchisini noyabrda qilishdi. Hammasi yaxshi o'tdi: "Borussiya" qaytishga majburlamadi, Aller esa JCH paytida "Ayaks" bazasida qattiq shug'ullandi. Sebastyanning o'zi Amsterdamda unga doim yaxshi ekanligini aytib hazil qiladi.

"Yig'lamadim. Birdan "hozir bundan o'tishim kerak. Keling buni bajaramiz!" deb o'yladim. Menda boshqa variant yo'q edi, – deb aytib berdi Aller Bild bilan intervyuda. Birdan menda tanlov yo'qligini tushundim. Bunday vaziyatlarda tanlov cheklangan.

Agar depressiyagacha borsang, o'zinga yordam bera olmaysan, shu sabab o'zimga "Pozitiv kayfiyatni saqlab qol, oilang va do'stlaring yonida bo'l. Sen yolg'iz emassan. Ular bilan birgalikda bundan o't" dedim. Hech qachon o'lim haqida o'ylamadim".



"Dortmund" bosh murabbiyi Edin Terzich hali Aller bilan yaxshiroq ishlashga ulgurmadi, ammo hamkorlikning eng yaxshi qismi hali oldinda ekanligiga umid qiladi: "Bunday tajribali futbolchi maydonda bo'lganida, o'yin jamoaga osonroq bo'ladi".

"Borussiya" 6-o'rinda ketmoqda va CHempionlar ligasining 1/8 finalida "CHelsi"ni kutmoqda. Aller ham CHLni sog'ingan bo'lsa kerak – u o'tgan mavsum 8ta o'yinda 11ta gol urgan, ammo "Ayaks" pley-offda "Benfika"dan o'ta olmadi va tezda musobaqani yakunladi.

Sebastyan rasmiy o'yindagi debyutni kutmoqda. Balki bu 22 yanvarda bo'lishi mumkin, o'shanda Bundesliga qaytadi va "Dortmund" "Augsburg"ga qarshi uyida o'ynaydi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика