So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   2 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  25 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  416 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Murodjon Toshmatov: “AGMK bilan joriy yilda yangi tarix yaratmoqchimiz” Yangiliklar

Murodjon Toshmatov: “AGMK bilan joriy yilda yangi tarix yaratmoqchimiz”

Olmaliqning AGMK jamoasi ertaga Coca Cola Superliga 4-tur doirasida“Qizilqum”ga qarshi maydonga chiqadi

Mirjalol Qosimov shogirdlari kuni kecha poytaxtdagi mashg'ulotlarni yakunlashdi va koronavirusga test topshirishdi. Biz esa o'z navbatida ertangi o'yin oldidan jamoaning tajribali yarim himoyachisi Murodjon Toshmatovning fikrlariga quloq tutdik.

“Karantindan so'ng tezda jipslashib mashg'ulotlarni boshladik va “Qizilqum” bilan o'yinga alo kayfiyatda tayyorgarlik olib bordik. O'ylashimcha, 60 yoki 70 foiz darajada optimal sport formasiga kirib oldik. O'yindan o'yinga yanada kuchayib boramiz.

“Qizilqum”da murabbiy almashdi, tabiiyki raqib o'z maydonida faqat g'alaba uchun o'ynaydi. Ammo, biz ham ortga o'zimiz uchun ijobiy natija bilan qaytishni istaymiz. Restartni g'alaba bilan boshlash yoqimli albatta. Karantindan so'ng nafaqat “Qizilqum”, balki, barcha jamoalardan kutilmagan sensaciya kutish mumkin. Hozirda hamma bir xil holatda.

Klub faoliyatida yangi tarix va sahifa ochishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa joriy yilda bu niyatimizga etishishimizga ishonaman. Qo'lga kiritilgan har bir g'alaba bizni sovrin sari yaqinlashtiradi.

Hojimat Erkinov haqida nima deya olaman? To'g'ri tarbiya berib, to'g'ri yo'l ko'rsatilsa kelajakda ko'p narsa kutsa bo'ladi. O'z yosh toifasida mashhur futbolchilardan biri bo'lishi mumkin”,- deydi Murodjon Toshmatov.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика