So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Murod Xolmuhammedov: “Endi har bir ochko oltinga teng bo'ladi” Yangiliklar

Murod Xolmuhammedov: “Endi har bir ochko oltinga teng bo'ladi”

2017 yilda “Qo'qon-1912” jamoasi safiga kelib qo'shilgan Murod Xolmuhammedov qisqa fursat ichida jamoaning yuragiga aylandi.

U o'zining ishonchli o'yinlari orqali jamoamiz muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'sha oldi. Yaqinda qo'qonlik futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan futbolchimiz bilan qisqacha suhbatlashdik.

- 2018 yilda chempionat formati o'zgardi. Endi superligada 12 ta jamoa o'ynaydi. Bu o'zgarishga sizning munosabatingiz qanday?
- Jamoalar sonining 12 ta bo'lishi chempionat saviyasini oshishiga sabab bo'ladi. Endi har bir o'yin, har bir ochko oltinga teng bo'ladi, deb o'ylayman. O'zbekiston chempionatida nechta jamoa ishtirok etishini O'FF hal qiladi. 12 jamoa bo'lgani yaxshimi yoki 16 ta bo'lgani yaxshimi buni vaqt ko'rsatadi. Yakuniy xulosaga kelishga shoshilmagan maqul.

- Futbolchilardan endi jismoniy testlar olinishiga fikringiz?
To'g'risini aytsam, O'FFning jismoniy testlar borasidagi qarorini hech bir futbolchi kutmagan edi. Federaciya rahbarlari o'zbek futbolining rivojlanishini xohlayotgani yaqqol sezilmoqda. Jismoniy testlarga keladigan bo'lsak, mening fikrim kim qanaqa jismoniy kuchga ega bo'lsa, shu holicha qoladi. Jismoniy testlar kimnidir jismoniy jihatdan kuchaytiradi, deb o'ylamayman. Lekin biz futbolchilar o'zimizga qo'yilgan talablarni bajarishga harakat qilamiz.

- O'FF klublar oldiga jiddiy talab qo'ymoqda. "Qo'qon1912"  bunday talablarga tayyormi ? Nima deb o'ylaysiz ?
- O'ylashimcha, “Qo'qon-1912” klubi stadionining holati hozirgi talablarga javob bermaydi. Buni hamma biladi. Lekin xavotirga o'rin yo'q. “Markaziy” o'yingohda tamirlash ishlari boshlandi. Jamoamiz O'FF talab qilgan qarorlarni to'liq bajara oladi, deb aniq ayta olaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика