Murod Otajonov: "Keyingi uchrashuvlarda yanada chiroyliroq o'yin ko'rsatamiz"
04 mar 2023 16:50
Yangiliklar
Murod Otajonov: "Keyingi uchrashuvlarda yanada chiroyliroq o'yin ko'rsatamiz"
"Avvalo, chempionat starti bilan hammani tabriklayman! Birinchi o'yin bo'lgani bois hayajon sezildi. Yigitlar o'yinga kirishib keta olishmadi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda yanada chiroyliroq o'yin ko'rsatib, g'alabalarga erishamiz.
"So'g'diyona" jamoasiga nazar tashlasak, jamoa yangi, 80-90% futbolchilari yangi kelib qo'shilgan. Ularning o'yini qovushmadi deb o'ylayman", – dedi Murod Otajonov.
- Dastlabki tur kutilmagan natijalar bilan boshlandi – "Neftchi" safarda yirik hisobda yutdi, "Olimpik"ning "Paxtakor ustidan g'alaba qozondi. Bu siz uchun kutilmagan holat bo'ldimi?
- Qaytarib o'taman, mavsum boshida hamma jamoalar bir xil holatda. 3-4-turga kelganda hammasi aniq namoyon bo'ladi. O'sha paytga kelib jamoalar boshqacha o'yin ko'rsatishadi. "Paxtakor" shunday o'ynashini kutmagandik, "Neftchi"ning o'yinlarini Turkiyada ko'rgan edik. Superligada 14 jamoa bo'lsa, hammasida deyarli bir xil holatda. Kimda ko'proq tajribali futbolchilari bo'lsa, 3-4-turdan keyin o'zini ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar