So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  10 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Murod Ismoilov: "Omad kelmasa qiyin ekan" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Omad kelmasa qiyin ekan"

"Neftchi" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng bo'lib matbuot anjumanida ikkinchi qismida Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"O'yinda yana o'sha vaziyatlardan foydala olmaslik bizga qimmatga tushdi. Bir nechta vaziyat yaratdik, o'zinglar ko'rdinglar to'p darvozaga kirishni istamadi", - deb gap boshladi Ismoilov.

"Otabek Zokirov va Otabek Isroilov maydonga tushgach o'yin o'zgarib ketdi. Ular kecha yoshlar ligasida ham o'ynashgandi. SHu bois bugun to'liq o'ynay olishmasdi. Biz ishongan tajribali futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishmayapti, endi yoshlarga ko'proq imkon berishga qaror qildim".

"To'g'ri muxlislarimiz bizdan har bir turda g'alaba kutishadi. Ammo murabbiy sifatida amalda bajarishimiz kerak bo'lgan vazifalardan og'ishib ketsam yana avvalga holatimizga qayta olmaymiz. Men murabbiy sifatida qo'limdan kelgan barcha ishni qilayapman. Futbolda doim ham o'xshayvermaydi. Yuksak darajadagi futbolchilar bilan ham natijaga erisha olmaslik holatlari kuzatilgan. Futbolchilar rosa harakat qilishdi, ammo omad kelmadi".

"Birdagina tarkibni yoshartirib yuborsak ham qiyin bo'ladi, asta-sekin ularni maydonga tushirib borish kerak. Birinchi davrani oxirigacha 7-8 ta yoshlarni tarkibga qo'shaman. Mahalliy, g'ayratli va futbol o'ynashni xohlayotgan futbolchilarga ko'proq etibor qarataman. Lekin, natija birdaniga bo'lmaydi", - deydi Murod Ismoilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика