So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  26 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Murabbiylar "nadbavka"si, "Futbol markazi" faoliyati, Farg'onada futbol mahorat maktablarining tashkil etilishi. Viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan intervyu Yangiliklar

Murabbiylar "nadbavka"si, "Futbol markazi" faoliyati, Farg'onada futbol mahorat maktablarining tashkil etilishi. Viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan intervyu

Saytimiz o'quvchilari xududiy muxbirlarimizga o'zlarini qiziqtirgan savollarini yo'llab kelishadi.

Farg'ona shahrida "Futbol markazi" tashkil etilganligidan ko'pchilik mahalliy futbol muxlislarining xabari bor albatta. Bizga ayni ushbu markaz faoliyati, xususan markaz o'rnida futbol mahorat maktabini tashkil etish yuzasidan bir qator savollar kelib tushdi. Farg'onalik muxbirimiz mazkur masala yuzasidan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan uchrashib bir qator savollar bo'yicha intervyu tashkil etdi. Quyidagi intervyuning to'liq matni keltirilmoqda.

- Nosir aka, "Futbol markazi" binosi qachondan Farg'ona viloyati futbol associaciyasi ixtiyoriga berilgan?


- Avvalambor barchaga assalomu alaykum. "Futbol markazi" binosi 2020 yil 19 may kuni Farg'ona shahar hokimining qaroriga ko'ra viloyat futbol associaciyasi ixtiyoriga berilgan. Mazkur qarorga asos sifatida 2020 yil 22 maydagi Vazirlar Mahkamasining "Xududiy futbol associaciyalarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 311-sonli Qarorini ko'rsatish mumkin. Mazkur Qarordan avvalroq muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari qabul qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining 311-sonli Qarorida ko'rsatilishicha, har bir xududiy associaciyalar qoshida "Futbol markazi" tashkil etilishi belgilab qo'yilgan. "Futbol markazi"da kamida 1 ta sport zali, 3 ta mashg'ulot maydoni, majlislar zali va sinf xonalari bo'lishi, shuningdek viloyat futbol associaciyasi xodimlarini faoliyati uchun moddiy-texnikasi bazasi shakllantirilishi viloyat hokimliklariga topshiriq sifatida ko'rsatilgan. SHunga ko'ra hozirda bir yildan oshdi, viloyatimizda yagona bo'lgan "Futbol markazi" tashkil etilgan. Ushbu markazni tashkil etishdan maqsad - viloyat terma jamoalariga, "Sport maktablari ligasi", "Professional futbol maktablari ligasi" qabilidagi 6 ta yosh toifasidagi yosh futbolchilarga musobaqalarni tashkil etish va mashg'ulotlar o'tkazish kabi vazifalardan iborat. Bu futboli rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun Germaniya, Yaponiya, Belgiya kabi davlatlarda bunaqa markazlar har bir shahar va tumanida bor ekan. SHulardan kelib chiqib bizda ham har bir viloyatda "Futbol markazi" tashkil etish maqsadi shakllangan. O'sha davlatlarda tan olib aytish kerak, futboli bizdan ko'ra yuqoriroq darajada shakllanib ulgurgan.

Viloyat terma jamoalari "Futbol markazi"da o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etganda belgilangan nazariyalar va nazorati kuchaytirilgan xolda turli mashg'ulotlarda ishtirok etadi. Bir haftalik yig'in davomida kamida 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Bundan tashqari jalb etilgan murabbiylar o'quv xonalarida futbolchilar bilan birga ularning harakatlari va ko'rsatayotgan o'yinlarini tahlil qilishadi. Tahlil bor joyda, o'sish bo'ladi. Xududiy BO'SMlarda bu kabi sharoit yo'q. Tuman va shaharlarda ishlayotgan murabbiylar futboldan ko'ra ko'proq yakka kurashlarga asoslangan sport turlari - boks yoki kurash kabi yo'nalishlarga o'tib ketishayapti. Futbol - jamoaviy o'yin, natija qilish osonmas. Boshqa sport turi vakillari hafa bo'lishmasinu lekin boks yoki kurashda bir kishining mahorati evaziga yutuq qo'lga kiritiladi. Futbolda esa bir jamoada 11 nafar futbolchi o'ynaydi, bunda barcha mexanizm birdek ishlamasa natijaga erishib bo'lmaydi. Natija bo'lmasa tabiiy xolda murabbiy "nadbavka" (ustama) olmaydi. Biz ayni masala yuzasidan taklif loyihasini ishlab chiqdik, bu borada O'zbekiston futbol associaciyasiga xat bilan chiqmoqchimiz.



 
- "Futbol markazi"da mavjud maydon va binolarda turli musobaqalar muntazam tashkil etib kelinadi. Doimiy foydalanish natijasida maydon va binolar tamirtalab xolatga kelib qolishi mumkin. SHunday xolatlarda maydon va binolarning tamirlanishi uchun mablag'lar qaerdan olinadi? Umuman bularni amalga oshirish mexanizmi qanday?


- To'g'ri aytdingiz, yillar mobaynida bino va maydonlarning xolati tabiiy xolda o'zgarishi mumkin. 2015 yilda ushbu bino foydalanishga topshirilgan ekan. "Neftchi" futbol klubi qoshida futbol maktabi bor, ularning balansiga berilgan. "Neftchi" quyi ligaga tushib ketganidan so'ng ushbu binodan malum bir muddat foydalanilmagan. Keyinchalik ushbu bino viloyat futbol associaciyasi ixtiyoriga o'tkazildi. Biz yillar mobaynida maydon va binolar xolatini o'zgarishi, eskirishini hisobga olib viloyatdagi 10 ta korxona va tashkilotlar bilan shartnoma tuzganmiz. Ular boshqa yo'nalishdagi tashkilotlar hisoblanadi, xamkor sifatida jalb etilgan. Ushbu korxona va tashkilot xodimlari kelib "Futbol markazi" maydonlarida futbol o'ynab ketadi, biz ularni zaruriy anjomlar bilan taminlaymiz. Belgilangan meyor asosida ular bizning hisobimizga pul o'tkazib berishadi. SHu mablag'lar hisobidan maydon va binolarni muntazam tamirlab borishni, soz xolatda ushlab turishni maqsad qilganmiz. Bu baribir hozircha juda kam, markazdan unumli foydalanish darajasini yanada oshirishimiz kerak. Viloyat hokimiga vada berganman, 2 yildan so'ng associaciya to'liq o'zini-o'zi taminlash darajasiga etib keladi. "Futbol markazi"da 50 ta o'rin, 50 kishilik oshxona va 150 kishilik majlislar zali mavjud. Nasib bo'lsa viloyatimiz hokimi Xayrullo Xayitbaevich Bozorovning qabullarida bo'lib, u kishiga markazni yanada rivojlantirish bo'yicha taklif kiritmoqchiman. Bu markaz o'rnida futbol mahorat maktabi tashkil etish mumkin emas ekan. Bu haqida O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatovning Farg'onaga tashrifi davomida so'raganmiz. Ravshan Sayfiddinovich ayni damda foydalanilayotgan bino negizida emas, balki xududlarda futbol mahorat maktablarini tashkillash bo'yicha tavsiya bergandilar. Futbol mahorat maktabi tashkil etish uchun bino quvvati 150 kishidan iborat bo'lishi kerak ekan. Biz o'zimiz hohlaganimiz bilan bu erda futbol mahorat maktabi tashkil etib bo'lmaydi. Agar mumkin bo'lsa biz taklif beramizmi, yo'qmi tashkil qilinar edi. Ayni vaqtda muhtaram Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ijrosini taminlash maqsadida viloyatimizda yana 3 ta futbol mahorat maktabi tashkil etilishi 2025 yilga qadar mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"ga kiritilgan. Viloyatimiz hokimi tomonidan bizni qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun rahmat.

Futbol mahorat maktabi tashkil etilishini o'ziga yarasha kriteriylari bor. Masalan etarlicha yotoqxona va o'quv xonalari bo'lishi kerak. Bu erda avval "Neftchi" futbol klubi qoshidagi futbol mahorat maktabidan saralangan o'quvchilar uchun muntazam yig'inlar tashkil etish mo'ljallangan. Yani ko'pi bilan 40 nafar yosh futbolchi yashashi va mashg'ulotlar olib borishi uchun sharoit bor. Kamida 150 o'ringa ega bo'lmagan bino futbol mahorat maktabini tashkil etish uchun qo'yiladigan talabga to'g'ri kelmaydi. "Neftchi" quyi ligaga tushganidan so'ng bu binoga qo'yilgan maqsaddan foydalanilmay qolgan.



Biz hozirda qo'shimcha 3 ta futbol mahorat maktabini tashkil etish uchun xududlarda joylarni o'rganyapmiz. Qo'qon shahridagi maishiy xizmat ko'rsatish kolleji, Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasining ayrim qismlarini, Farg'ona shahridagi "Neftchi" futbol maktabi binolarini futbol mahorat maktablariga aylantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqayapmiz. Hozirda o'sha Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasida nazarda tutilgan joy ham futbol mahorat maktablariga qo'yilgan talabga javob bermayapti, u erda 70-80 ta o'rin bor ekan.

Men shu markaz orqali 3 ta yosh toifasida viloyat terma jamoalarini shakllantirish bo'yicha ishlamoqdaman. Jami 6 ta murabbiy biriktiramiz, ular xududlarda selekciya ishlarini olib borishadi. 3 ta yosh toifasidagi markazga jalb etilgan futbolchilarning yashash joyi shu erda bo'ladi. Ularni yillar davomida tayyorlaymiz, oziq-ovqat, vitaminizaciya, kerakli anjomlar, kiyim-bosh va mashg'ulot maydonlari bilan taminlaymiz. Bu 3 ta bosqichda tashkil etiladi. So'ngi uchinchi bosqich bitiruvchilari futbol klublariga transfer ko'rinishida beriladi. Transfer summasi yosh futbolchiga futbol markazida tahsil olishi jarayonidagi qilingan harajatdan kelib chiqqan xolda belgilanadi. Eng yaqin xududagi umumtalim maktablariga biriktirilgan xolda ularni talim olishlariga sharoit yaratiladi.

Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan shartnoma tuzamiz va keyinchalik ular tayyor xolga kelganidan so'ng futbol klublariga transfer qilinadi. Yuqorida 2 yildan so'ng associaciya o'z-o'zini to'liq taminlaydi deganimning boisi shu. Bu erda tahlilchi, shifokor, media xizmati vakili kabi qo'shimcha mutaxassislar bo'ladi. Asosiy maqsad viloyatda futbolni yanada rivojlantirish, turli yoshlardagi terma jamoalarga futbolchilarni etkazib berishdan iborat.

"Futbol markazi" binosida kelajakda Farg'ona futboli tarixini aks ettiruvchi muzey tashkil etishni rejalashtirayapmiz. "Neftchi"da ko'p yillar ishlagan Lev Viktorovich Vaxtin bilan bu borada gaplashdik, u kishida viloyat futboli tarixiga oid juda ko'p manbalar bor ekan. Biz muzeylagi manba va suratlarni yillar kesimida moslab joylashtirishni, kirib ko'rgan kishi o'zini aynan o'sha davrga tushib qolgandek his qilishini, viloyatimiz futboli tarixi haqida tegishli malumotlarni to'liq ola bilishiga erishmoqchimiz.




- So'x tumanida futbolni rivojlantirish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


- Yaqinda So'x tumaniga viloyat futbol associaciyasi vakillari borib, "Do'stlik kubogi" musobaqasini tashkil etmoqchimiz. Ushbu tashrifimiz davomida So'x tumani hokimi va boshqa mutassiddilar bilan uchrashib u erda futbol klubini tashkil etish masalalarini muhokama qilishni maqsad qilganmiz. Kezi kelganda aytib ketaman, "Qo'qon-1912" klubi rahbari Baxtiyor Tolipov viloyat futbol associaciyani turli masalalarda qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Masalan, So'x tumaniga borayotganimizni aytganimda 20 ta to'p, 20 ta ikki xil futbol liboslari berishdi. Ramazon oyidan so'ng So'x tumaniga borib reja qilingan tadbirlarni o'tkazmoqchimiz.

- Futbol ichida yurganimdan kelib chiqib jurnalistik taklif bersam. Yozning issiq oylarida milliy chempionatlarimizda tanaffus yuzaga keladi. SHu vaqtda futbol klublari salqin joylarda, masalan tog'li xududlarda hordiq chiqarishga ehtiyoj sezadilar. Aynan o'sha vaqtda xuddi "Hokim kubogi" musobaqasi kabi So'x tumanida turnir tashkil etilsa bo'ladimi? Masalan bir haftaga mo'ljallangan "Farg'ona viloyati futbol associaciya kubogi" musobaqasi. Imkoniyati bor klublar olib boriladi, u erda futbol uchrashuvlari tashkil etiladi, natijada ushbu xudud aholisi ham katta futboldan bahramand bo'lardi. SHularni amalga oshirsa bo'ladimi?

- Yaxshi taklif bo'ldi. So'x tumanida bu kabi turnir tashkil etish maqsadimiz avvaldan bor edi. Masalan "Cementchi" kabi jamoalar So'xga borsa, xudud aholisi katta futbol havosidan bahramand bo'lishi tabiiy. Ishonib aytish mumkin, viloyatimiz hokimi, So'x tumani hokimi bu taklifni qo'llab-quvvatlaydilar. Bu So'x tumanida futbolni rivojlantirish, kelajakda xududda futbol klublarini shakllanishiga turtki bo'ladi.

- Viloyatda ikkinchi liga qachondan start oladi? Turnirda ishtirokchilik badali qancha?


- Biz mazkur masala bo'yicha 29 aprel kuni kengaytirilgan yig'ilish o'tkazmoqchimiz. SHu kuni Ikkinchi liga bo'yicha badal to'lovi summasini ham ko'rib chiqamiz. Hozirda bizga 10 ta jamoadan ishtirok etish uchun taklif bor. CHempionat 20 may sanasidan start oladi. Biz futbol jamoalarini sonini ko'paytirish borasida tuman va shahar hokimlariga tegishli tartibda xat bilan chiqayapmiz. Bu yilgi maqsadimiz Farg'ona viloyatida Ikkinchi ligada ishtirok etadigan futbol klublari sonini 20 tadan kam bo'lmasligiga erishmoqchimiz.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика