So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  157 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  12 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  3 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Mundial 2022. Daniya! Yangiliklar

Mundial 2022. Daniya!

Daniya!


Taxallusi – "qizil gvardiya".

FIFA reytingida 10-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta (1986, 1998, 2002, 2010, 2018, 2022) boradi.


D guruhi. Raqiblari: Franciya, Tunis, Avstraliya.

1-tur, 22 noyabr. Daniya — Tunis

2-tur, 26 noyabr. Franciya — Daniya

3-tur, 30 noyabr. Avstraliya — Daniya


Muvaffaqiyatlar


1998 yil. Franciya.

Daniya guruhda juda kuchli bo'lgan Franciya terma jamoasi va ikki yaqqol autsayder bilan tushdi – JAR va Saudiya Arabistoni.



Daniyaliklar o'yinlarni nafaqat guruh, balki butun turning eng zaif jamoasi hisoblangan Saudiya Arabistoniga qarshi bahs bilan boshlashdi.

SHunga qaramasdan, o'yin Daniya uchun oson o'tdi deyish qiyin – "qizil gvardiya" himoyachi Mark Riperning harakatlari evaziga 69-daqiqada hisobni ochdi.




Keyingi raqib – JAR. Daniyaliklar turnirdagi kurash va mantiqan jihatdan ham yutishga majbur bo'lgan jamoa.

Daniya bu safar tezda hisobni ochdi – Allan Nilsen 13-daqiqada gol urdi. Ammo, shundan keyin barchasi reja bo'yicha ketmadi – ustunlikni oshirishning uddasidan chiqilmadi, janubiy afrikaliklar ikkinchi taym boshida gol urishga erishishdi. Durang.




Franciya bilan o'yinda durang, yoki minimal hisob bilan engilish ham etarli edi.

Francuzlar 13-daqiqada penalti orqali hisobni ochishdi, Laudrup 42-daqiqada shu yo'l bilan javob qaytardi. Ammo, favoritlar baribir g'alaba qozonishdi, daniyaliklar esa guruhdan ikkinchi o'rin bilan eson-omon chiqib olishdi.




1/8 finalda daniyaliklarni Nigeriya bilan o'yin kutib turardi.

"Qizil gvardiya" ushbu o'yinning autsayderi edi. Afrikaliklar esa daniyaliklarga qarshilik ko'rsata olmagan holda, 1-4 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.




Keyingi raqib o'zining beshinchi tituli tomon ketayotgan kuchli Braziliya edi.

Martin Yorgensen 2-daqiqadayoq Daniyani oldinga olib chiqdi, ammo Bebeto tezda hisobni tenglashtirdi. 27-daqiqada Rivaldo braziliyaliklarni oldinga olib chiqdi, bu safar Brian Laudrupning goli orqali hisob tenglashdi.

Ammo, baribir raqibning klassi o'z so'zini aytdi – Rivaldo dubli, Braziliya yarim finalda.




Murabbiy va o'yin uslubi


Kasper Yulmand – Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Yulmand 2020 yilning 1 avgustida Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Daniyaliklar uning qo'l ostida Evro-2020 yarim finaliga qadar borishdi va unda qo'shimcha vaqtlardagina Angliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Yulmand bir marta terma jamoa o'yin uslubi milliy o'ziga xoslikni aks ettirishi kerakligini aytgan: "Biz braziliyalik emasmiz, shunday ekan ulardek o'ynash shart emas. Ammo, Daniyaning o'yini chiroyli bo'lishi kerak, sababi bizda did bor. G'alabalar futbolda eng asosiysi deb gapirishni to'xtatish kerak. Albatta, natijalar xursand qiladi, ammo o'yinning o'zi ilhomlantirishi kerakk. U yurakni tezroq urishga majbur qilishi mumkin. Terma jamoa tarixi insonning hayotiga o'xshaydi – pasayishlar bo'ladi, ular uzoq vaqt eslanadi. Ammo, g'alaba va sovrinlar yutish yoki yurakni zabt etish mumkin".

Bu nutq Daniya termasining o'yin uslubida ajoyib tarzda o'z ifodasini topgan.

Daniya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-4-2-1, bazida 4-3-3.



O'yin uslubi: yuqori tashkillashtirilgan o'yin, tezkor qarshi hujumlar.

Muxlislar bunday jamoalarni yaxshi ko'rishadi. Daniyaliklar xorvatlarga ham o'xshab ketishadi. Ikkalasida ham jamoaviylik kuchli, ammo ularning uslubi farq qiladi.

Daniya barcha bo'sh hududlardan foydalangan holda juda tez hujum qiladi. Ular qanotdan va markazdan o'ynayverishadi – ularga farqi yo'q, asosiysi barchasini tez qilish kerak. Bu ish beradi, sababi jamoaning natijalari uning darajasidan yuqoriroqdir.





To'p egallashdan so'ng ilk soniyalardanoq qanotga yugurish. Etibor qiling, markazdagi o'yinchilar raqibni tezda himoyaga qaytishga majbur bo'lib qolmasligi uchun harakatsiz turibdi.





Qanotdan hujum qilganda iedal tarzda aqlli joylashuvga misol.



Yana shunday holat. Qaysidir jihatdan Uelsni ham eslatib yuboradi.




Ammo, barchasining o'z o'rni bor. Hujumga haddan tashqari berilib ketish muammolarga olib kelishi mumkin.

Francuzlar Daniyani bu uchun jazoladi.





Qo'rqinchli ko'rinsa ham, Daniya bilan o'ynash mumkin. Ikkita variant bor – shunday futbol o'ynash, ammo sifatliroq va agressivroq yoki futbolchilari bir-birining fikrini o'qiydigan Xorvatiya terma jamoasi bo'lish.

Jiddiyroq aytadigan bo'lsak, Daniya terma jamoalar futboli uchun noyob hodisa. Bu to'laqonli mexanizm bo'lib, o'yinchilardan super mahorat talab qilmaydi va odatda ko'plab jamoalarda bo'lgani kabi himoyaga katta etiborni qaratmaydi. SHu misolni hozirda terma jamoalar tayyorgarligi paytida jamoaviy o'yin qurishning iloji yo'qligidan shikoyat qiladigan terma jamoalar murabbiylari keltirishi mumkin.

Mumkin!


Terma jamoa etakchilari


Bunday jamoada eng yorqin futbolchilarni keltirib o'tish qiyin, ammo urinib ko'ramiz.


Per-Emil Xeyberg – Daniyaning yuragi va dispetcheri.



Xeyberg daniyaliklarning hujumi boshlanishiga javob beradi. Aynan u qarshi hujumlarni o'zining uzun paslari bilan tezlashtiradi. Agar Daniyada almashtirib bo'lmas futbolchi bor bo'lsa, bu aynan Per-Emil.

Xeyberg daniyaliklarning hujumidan tashqari raqibning hujum buzilishiga ham javob beradi. U ajoyib joy tanlaydi va bu unga "yarim himoya+hujum" hududida to'pni olib qo'yishga imkon beradi.

Xeyberg terma jamoada 60ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urishga erishgan. Transfermarkt uni 42 million evroga baholamoqda.


Kristian Eriksen – qirol qaytdi.



SHubhasiz, Daniya futbolining bosh iqtidori.

Kristian uzoq vaqt bunga ishonmagan bo'lsalar ham, Evrodagi bo'lgan voqeadan so'ng qayta oldi.

Eriksen o'yinni kuchaytirish va barcha standart vaziyatlarning ijro etilishiga javob beradi.

Uning asosiy sifati – dunyoning eng kuchli futbolchilari darajasida bo'lgan o'yin intellekti. Bunday o'yinchi har bir jamoaga kerak, ammo Daniya kabi bir nechta jamoalarga shunday omad kelgan.

Eriksen terma jamoada 117ta o'yinda maydonga tushib, 39ta gol urishga erishgan.


Kasper Dolberg – hayron qoldirishi mumkin.



Dolberg terma jamoada klubdan ko'ra yaxshiroq o'ynaydigan futbolchilar toifasiga kiradi. Hech bo'lmaganda shunday ko'rinadi.

Daniya bu mexanizm, Dolberg esa uning bir qismi. U o'ziga berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajargan holda, Yulmandning o'yiniga ajoyib tarzda mos tushdi.

Yuqorida aytilganlardan tashqari, Dolbergning o'zi o'yinni kuchaytirishga qodir. Unda ajoyib texnika va "portlovchi" tezlik bor, shunday ekan Qatarda u o'zini butun dunyoga ko'rsatishi mumkin.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: mexanizm-jamoa, yagona maqsad, zaif poziciyalarning yo'qligi.

Zaif tomonlari: mudofaa.


Oldin aytganimizdek, Daniya bu mexanizm. Ularning o'yini ajoyib tarzda shakllantirilgan, bu esa ularni barcha uchun jiddiy raqibga aylantiradi. Bunday tizimning yaxshi tomoni unda almashtirib bo'lmas futbolchi yo'qligi. Albatta, masalan Eriksenning yo'q bo'lishi jamoaning hujum imkoniyatlarida namoyon bo'ladi, ammo masalan Sonning Janubiy Koreya termasidagi o'rnida bo'lgani kabi emas.

Daniyaning maqsadi butun dunyoga Jamoa nimalarga qodir ekanligini ko'rsatish. Ular qog'ozda ancha kuchli bo'lgan top jamoalarni o'zlarining "kamtar" jamoalari bilan hisoblashishga majburlashmoqchi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, daniyaliklar juda ham g'ayratga to'la va ular uchun barcha eshiklar ochiqligini, agar bundan bo'lmasa, buzib kirishlarini bilishadi.

Zaif poziciyalar yo'qligi. Har bir poziciyada o'zini Evropaning top chempionlarida ko'rsatgan juda yaxshi darajadagi futbolchilar bor. Jamoada yo'lovchilar va boshqalarga qaraganda kuchsizlar yo'q, shu sabab raqiblar Daniyani mag'lub etish uchun ko'p bosh qotirishlari kerak.

Mudofaani xatosiz deb bo'lmaydi, ammo bu o'yinchilarning individual xatolaridan emas, balki ko'proq o'yin tuzilishi bilan bog'liqdir.


Taxminiy tarkib:



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика