So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Mulohaza. Agar birinchi ligada 24 yoshgacha chegara qo'yilsa, tarkibda kimlar qoladi? Yangiliklar

Mulohaza. Agar birinchi ligada 24 yoshgacha chegara qo'yilsa, tarkibda kimlar qoladi?

Kelasi yil birinchi ligada 16ta jamoa ishtirok etadi hamda ushbu musobaqada 24 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'ynaydi.

Bu haqda ko'p va xo'p gapirilyapti. Albatta, buni aniq ham, noaniq ham deb bo'lmaydi. Aytaylik, 16ta jamoa qatnashishini aniq deyishimiz mumkin, lekin yosh chegarasini 24 qilib belgilash hali ko'plab muhokamalarga sabab bo'lishini taxmin qilish qiyin emas.

Agar yosh chegarasi PFL aytganidek 24 bo'lib qoladigan bo'lsa, jamoalar tarkib borasida jiddiy muammolarga to'qnash kelishlari mumkin. Negaki faqat 24 yoshgacha futbolchilar tarkibga jalb qilinsa, o'z-o'zidan yoshi kattalar chetga chiqib qoladi. Oliy ligada 12ta jamoa qolganidan keyin baribir hammaning oliy liga klublari bilan shartnoma imzolashga imkoniyati etmaydi.

Futbolchi ko'p, lekin jamoalar kam. SHunda nima bo'ladi? 24 yoshdan o'tgan o'yinchilar chetga chiqib qoladimi? Bu esa alohida fikr yuritib mulohaza qilishga undaydi. Bizningcha, PFL 24 yosh mavzusiga hali yana qaytadi. CHunki chegara qo'yiladigan bo'lsa, unda klublarning yoshlar ligasidagi jamoalardan farqi qolmaydi. Bu esa birinchi liga saviyasiga putur etkazadi.

Hozirdanoq shuni aytish mumkin, "SHo'rtan" keyingi yil aniq birinchi ligada o'ynaydi.


Agar maydonga tushadigan tarkibning o'rtacha yoshi 24 bo'lishi kerak deyilsa unda boshqa gap. CHunki birinchi liga - bu yoshlar ligasi emas. U ham alohida musobaqa bo'lib, g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Demak, bu ham alohida chempionat. Faraz qilamiz, PFL tadbiq etayotgan hozirgi format bo'yicha 12-15 o'rinlarni egallab turgan jamoalar oliy ligani tark etdi va ular kelasi mavsum birinchi ligada qatnashadi.

Mabodo shunday bo'lsa, klublar tarkibida bu mavsum to'p tepayotganlardan kim qoladi-yu, kimlar ketadi? Biz "SHo'rtan", "Dinamo", "So'g'diyona" va "Neftchi" misolida jamoalar tarkibiga nazar tashlab, futbolchilarning yoshini hisoblab chiqdik. Bunda asosan jamoalarning oxirgi uchta o'yinini hisobga oldik.

Hozirdanoq shuni aytish mumkin, "SHo'rtan" keyingi yil aniq birinchi ligada o'ynaydi. CHunki klubga nisbatan FIFA tomonidan jazo qo'llanilgan va bunga amal qilinishi shart. Qolgan klublar bilan nima ro'y berishini esa vaqt ko'rsatadi. SHu bois ham biz agarki deb gap boshlab, hozirgi gap-so'zlardan kelib chiqqan holda turnir jadvalining 12-o'rinidan pastda borayotgan jamoalarni hisobga oldik.


"SHo'rtan"da kim qoladi?

"SHo'rtan" oxirgi uchta uchrashuvning bittasida g'alabaga erishib, ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Jamoa o'z maydonida "So'g'diyona"dan ustun keldi va safarda "Olmaliq", "Nasaf" klublariga imkoniyatni boy berdi. 24 yosh chegarasi haqida gaplar paydo bo'lganidan keyin negadir "SHo'rtan" etakchilaridan biri Igor Taran ko'rinmay qoldi. Balki u o'ziga oliy ligadan boshqa jamoa qidirishga tushgandir, har holda uning yoshi 34da.

Agar rostan ham kelasi yil birinchi ligada yosh chegarasi qo'yiladigan bo'lsa, unda "SHo'rtan"ning hozirgi tarkibi tubdan yangilanadi. CHunki jamoada yoshi katta futbolchilar nihoyatda ko'p. Klub yangi futbolchilarni qaerdan topadi, hayronmiz. Quyida "SHo'rtan"ning oxirgi uch o'yinida ishtirok futbolchilari hamda ularning yoshini keltirib o'tamiz.

Jamol Otaqulov - 32 yosh
Ruslan Melzitdinov - 32
Hasanboy Ergashev - 32
Otabek Narzullaev - 32
Obid Jo'raboev - 31
Eldor Tojiboev - 31
Abbos Omonov - 29
Sunatilla Mamadaliev - 28
G'ulom Rahmonov - 28
Eldor Boymatov - 27
Maruf Murodov - 27
Yusuf Bo'riev - 26
Evgeniy Kochnev - 25
Olimjon Karimov - 25
SHahzod Xursanov - 25
Alibek Turobov - 24
Maradona Safarov - 23
Dilshod Xushbakov - 21
Jasur Xolto'raev - 20

Ko'rib turganingizdek, bu ketishda jamoaning 90 foiz tarkibi o'zgaradi. Jamoa safida 24 yoshdan katta futbolchilar asosiy o'yinchilar hisoblanadi va ulardan birdaniga voz kechish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin, hayronmiz.

"SHo'rtan"ning hozirgi tarkibi tubdan yangilanadi.



"Dinamo"dan kimlar ketadi?

"Dinamo" ham agar birinchi ligaga tushib ketsa, kadrlar borasida qiyin ahvolda qoladi. CHunki bu jamoa ham futbolchilarning yoshi sabab muammolarga duch keladi. Vaziyat o'zgarmasdan qolsa, "Dinamo" Naumov, Tojiev, Jo'raev, Oraxovac kabi futbolchilar bilan xayrlashishga majbur bo'ladi. Jamoaning oxirgi uch o'yinida qaydnomaga kiritilgan futbolchilar:

Aleksey Nikolaev - 38 yosh
Temur Jo'raev - 33
Mixail Naumov - 32
Akmal Bozorov - 31
Farhod Tojiev - 31
Orif Mamajonov - 27
Abdumalik Abdullaev - 28
Iskandar Xolmirzaev - 26
Adnan Oraxovac - 26
SHoxruhbek Xolmatov - 24
Komil SHarofutdinov - 24
Sardor Sulaymonov - 23
Jasur Azimov - 23
Doniyor Ismoilov - 23
Rustam Toshturdiev - 23
Muhammad Isaev - 23
Mirkomil Lokaev - 22
Radu Rogak - 22
Amirjon Safarov - 22
Hakimxon Alamxonov - 21
Saidjamol Davlatjonov - 20

"Dinamo" ham agar birinchi ligaga tushib ketsa, kadrlar borasida qiyin ahvolda qoladi.



"So'g'diyona" Sanjar Rashidov bilan xayrlashadimi?

Agar "So'g'diyona" ham keyingi yilni birinchi ligada o'tkazadigan bo'lsa, etakchi yarim himoyachisi Sanjar Rashidov bilan xayrlashishi mumkin. Bunga sabab Sanjar hozir 24 yoshda bo'lgani bilan keyingi yil 25ga kiradi va PFLning yosh chegarasi bo'yicha talabiga javob bermaydi. Umuman olganda, "So'g'diyona"ni ham ko'plab futbolchilar tark etishi mumkin. Jamoaning oxirgi uch o'yinida ishtirok etgan o'yinchilar ro'yxati:

Suhrob Qobilov - 33 yosh
Sarvar Jo'raev - 31
Sardor Eminov - 30
Qahramon Bahodirov - 29
Otabek Valijonov - 28
G'ayrat Umirov - 27
Azamat Isroilov - 26
Javlon Guseynov - 26
SHerzod Jalilov - 26
Muzaffar Abdullaev - 25
Elyor Orifov - 25
Umidjon Qodirov - 25
SHirinboy Abdullaev - 25
SHoxruh Dostonov - 24
Sanjar Rashidov - 24
Sardor Qulmatov - 23
Izzatilla Abdullaev - 21
Sardor Qahhorov - 21
SHahboz Jo'rabekov - 20


"Neftchi"ning taqdiri nima bo'ladi?

"Neftchi" oliy ligada qolishi ham mumkin ekan. Bu foiz aniq emas, lekin shunday gaplar izg'ib yuribdi. Ammo hozirgi sharoitda "Neftchi" jadvalning qo'yi qismida bormoqda, jamoa birinchi ligaga tushib ketishi mumkin. Farg'onaliklar oxirgi uch uchrashuvda uch xil natija qayd etishdi.

Dastlab "Qizilqum" mag'lub etilgan bo'lsa, keyinroq "Lokomotiv" bilan durang o'ynaldi va oxirgi turda jamoa "Dinamo"ga kichik hisobda yutqazib qo'ydi. Jamoaning oxirgi uch uchrashuvida quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi:

Mansur Saidov - 34 yosh
Ibrohim Rahimov - 33
Mo'ydin Mamazulumov - 33
SHerzod Hakimov - 30
Dilyorbek Ermatov - 28
Jasur Hasanov - 28
O'tkir Yusupov - 26
Boburbek Yo'ldoshev - 24
Abdumavlon Abdujalilov - 23
Alisher SHog'ulomov - 23
Muhsin Ubaydullaev - 23
Kamron Kapadze - 23
Abdurahmon Abdulxaqov - 23
Muzaffar Muzaffarov - 22
Doston Tursunov - 22
Islombek Karimov - 21
Abdujamol Isroilov - 21
Husniddin G'ofurov - 20
Abrorbek Ismoilov - 19

"Neftchi" oliy ligada qolishi ham mumkin ekan.


Xulosa o'rnida

Yuqorida aytib o'tganimizdek, 24 yosh chegarasi hali rasman o'z tasdig'ini topgan emas. Ammo PFLning hozircha shunday niyatda ekanligi bor gap. Agar yosh chegarasi belgilanadigan bo'lsa, unda juda ko'plab futbolchilar jamoasiz qolib ketishadi, ularning orasida yaxshi o'yin ko'rsatayotganlari ham borligini unutmaylik.

Yuqorida keltirilgan futbolchilar nomini ko'rgan muxlislar ularning yoshi katta bo'lishiga qaramay, hamon yaxshi futbol namoyish etayotganini bilishadi. Bir sutkada 24 soat bo'lgani kabi istalgan vaqtda 24 yosh chegarasi deb aytilgan gap o'zgarib qolsa bundan hech ajablanmaymiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика