So’nggi yangiliklar

22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  3 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  83 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  7 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  40 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  8 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4

Muhsin Nizomiddinov: "Dinamo" hakamlar yordamida Pro-liga o'yinlarini yutayapti" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Dinamo" hakamlar yordamida Pro-liga o'yinlarini yutayapti"

Pro-liga 9-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qo'qon-1912" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hamma ko'rdi, muxlislar ham guvoh bo'ldi, o'yin durang natija bilan yakunlandi. Men ranjigan jihat, 500-600 kilometr masofa bosib kelgan jamoamiz muxlislari uchun achinarli o'yin bo'ldi. Menda "Dinamo"ga hech qanday xusumat yo'q. Biroq, bugungi o'yin ko'rsatib turibdi, Samarqand jamoasi hakamlar yordamida Pro-liga o'yinlarini yutayapti. Ular bejizga 2-o'rinda borishayotgani yo'q. Bunaqada o'zbek futboli rivojlanmaydi. Hakamlar golni bekor qiladi yoki penalti qo'ymaydi. Ularning ishini ko'rib chiqishlarini so'rayman. Ortda qolgan o'yinlarda hakamlar haqida bironta so'z aytmadim. Men bugungi o'yinda ko'rdim, jamoa muxlislarida ham madaniyat yo'q. Kerak bo'lsa, Qo'qonga borib muxlislik madaniyatini o'rganishsin. Bironta golimizda qoidabuzarlik ko'rmadim. Andishani otini qo'rqoq qo'ymanglar. Bunaqangi hakamlik bilan kuchli tomon yuta olmaydi.

- Asosiy ayblovingiz shu o'yin bo'yichami? Yoki "Dinamo"ni avvalgi o'yinlarda ham shu kabi xolatlar sabab peshqadamlar safida borayapti deb o'ylayapsizmi?

- Men "Dinamo"ning avvalgi o'yinlarini ham ko'rdim. Masalan, "Xorazm" yoki "Yunired" bilan o'yinlarda "Dinamo" g'alabaga haqli emasdi. Mutaxassis sifatida aytaman, bu o'yin menda shubha tug'dirdi. Alloh barchasini ko'rib turibdi. Biz ham o'sha jamoalar kabi xolatni boshimizdan o'tkazdik. 

- Jamoangizning bitta goli hisobga olinmadi. Ayblovingiz o'sha vaziyat bo'yichami yoki boshqa xolatlar ham bormi?

- Haqiqiy golni bekor qilishdi. O'sha uchinchi golimiz haqida aytayapman. Bu erda VAR tizimi qani? Markaziy o'yin bo'lsa? Qaerdan topib bekor qilishdi? Menda videosi bor.

- Nega Pro-ligada VAR tizimi ishlamaydi? Bu borada sizning fikringiz qanaqa?

- VAR tizimi Pro-liganing markaziy o'yinlarida bo'lishi kerak. Ikkita Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan jamoa o'ynayapti, bo'lishi kerak. SHuning negizida norozilik kayfiyati kelib chiqayapti. Kulguli xolat, dastlab maydon markazini ko'rsatishdi, keyin bekor qilishdi. Vaziyatni qaysi VAR orqali ko'rishdi?

- "Qo'qon-1912"da o'zgarishlar jiddiy bo'libdi. Davron Fayzievning ketishi bilan bog'liqmi bu?

- Men klubda texnik direktor sifatida ishladim. Biz ko'p gol o'tkazib yuborayotgandik. Natijada jamoamiz vakillarining hammasining hissasi bor.

- Klubda maqsad qanday?

- Biz Superligani maqsad qilganmiz. Bu borada ishlaymiz va davom etamiz.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика