O'zbekiston terma jamoasiga bosh oshpaz va nutriciolog jalb etildi
10 noy 15:32
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasiga bosh oshpaz va nutriciolog jalb etildi
Jamoa futbolchilarining sog'lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini yaxshilash va umumiy tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida terma jamoa shtabiga ispaniyalik bosh oshpaz hamda professional nutriciolog jalb etildi.
Bu tashabbus jamoa futbolchilarining to'g'ri ovqatlanish tartibini saqlash, energiya balansini taminlash va o'yinlardagi jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Eslatib o'tamiz, noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda bo'lib o'tadigan xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O'zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar "Hazza bin Zayd" stadionida o'tkaziladi.
Avvalroq "Bunyodkor"da faoliyat yuritayotgan italiyalik Karlo Alberto Bertone noyabr oyidagi FIFA kunlarida hamyurtiga tahlilchi sifatida yordam berishi aniq bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar
Organizmda energiya taqsimoti degan narsa bor
Bu yerda qanday zoʻr ovqat qilish emas qanday mos ovqat qilishda
Буларкану скаутларимиз ишласа)))