So’nggi yangiliklar

18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  0 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  2 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  9 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  6 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0

Muhsin Nizomiddinov: "Maqsadimiz - Superligaga yo'l olish va infrastrukturani yaxshilash" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Maqsadimiz - Superligaga yo'l olish va infrastrukturani yaxshilash"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912 (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Avvalambor, muxlislarimizni yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, yomg'irli ob-havo bo'lishiga qaramasdan, ikkala jamoaning yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi.

- O'yindan avval "Qo'qon-1912" favorit hisoblangandi, biroq uchrashuv davomida bunga guvoh bo'lmadik. Jamoa ko'p xatoga yo'l qo'ydi...

- Yuqorida takidlaganimdek, ikkala jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Bellashuv davomida 5-6 ta xavfli vaziyat yarata oldik. Deyarli 80 daqiqa davomida yigitlar bir xil tempda to'p tepishdi. Qolaversa, ob-havo hamda yo'l charchog'i o'z tasirini o'tkazdi. 

- Futbolchilarning ro'za tutishiga qanday qaraysiz?

- Bu futbolchining o'ziga bog'liq. Xorijda musulmonlar og'iz ochgach, kechqurun futbol o'ynashadi. Ularda jismoniy holat va energiya yuqori darajada. Men yigitlarga bu borada buyruq bera olmayman. Agarda ro'za tutish futbolchilarga qiyinchilik tug'dirsa, uni o'ylab ko'ramiz. 

- "Qo'qon-1912" rahbariyati tomonidan jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilganmi?

- Yodingizda bo'lsa, jamoani birinchi davra so'ngida qabul qilib oldim. Etakchilardan ancha ortda edik. O'yinlar davomida tafovutni 1 ochkogacha qisqartirdik. Maqsadimiz — Superligaga yo'l olish, shuningdek, infrastrukturani yaxshilash.

- "Mashal" maydoni bugungi yomg'irli ob-havoga tayyormidi?

- CHempionat boshida hamma maydon bir xil. Mavsum boshida maydonlar yomon holatda bo'lmaydi. 

- O'tgan mavsum so'nggi turida "Mashal"ni 4:2 hisobida mag'lub etgansizlar. Bugun esa hisob ochilmadi. Mavsum avvali bo'lgani uchun gol ko'rmadikmi bugun?

- Ha. Bu holat Superliga jamoalarida ham kuzatildi. Dastlabki turlar og'ir o'tadi. CHunki futbolchilardagi jismoniy holat va o'yin amaliyoti etishmasligi seziladi. Vaqti kelib, bu o'rniga tushadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика