Muhsin Nizomiddinov: "Davralar oralig'ida bazi narsalarni o'zgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz"
26 iyu 2024 09:26
Yangiliklar
Muhsin Nizomiddinov: "Davralar oralig'ida bazi narsalarni o'zgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz"
Assalomu alaykum, barchaga. O'yini barcha ko'rdi, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujum qildik, etarli darajada vaziyatlar yaratdik, afsuski bizga so'nggi uchrashuvlarda omad etishmayapti. «Do'stlik»ka qarshi uchrashuvdan so'ng bir hafta davomida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, futbolchilarga kerakli vazifalarni berdik, biroq bugun ham nimadir etishmadi. Hujum qilib turib, o'zimizning xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubormoqdamiz.
Futbolchilar ham maksimal darajada o'ynashga intilishmoqda, biroq ularning darajasi ham shu ekan. Biz mavsum boshida yoshlar bilan ishlashni maqsad qilgandik, ularga imkon berdik, ammo ular ko'p hollarda bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Davralar oralig'ida bazi narsalarni o'zgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz.
Davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib boramiz. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun maksimal darajada harakat qilamiz.
Maqsadimiz o'zgarmagan — biz superliga uchun kurashni davom ettiramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar