So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  79 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

Muhsin Nizomiddinov: "Buxoro" bilan durang o'ynash oson ish emas" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Buxoro" bilan durang o'ynash oson ish emas"

Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qo'qondan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Mezbon muxlislar bugun juda faollik ko'rsatishdi. "Buxoro"ni o'rganib chiqdik va shunga mos tayyorgarlik ko'rdik. To'pni ko'proq oldinda ushlab turdik. Bu jarayon ish berdi. 

"Buxoro" o'z oldiga Superliga maqsadini qo'ygan va tarkibga nomdor futbolchilarni jalb etgan jamoa. Ularga qarshi o'yinda durang qayd etish ham oson emas. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Birinchi davradagi o'yin ham bugungi kabi o'tgandi. Ikki jamoaning ham o'yin falsafasidan kelib chiqib, shunaqa o'yin ko'rayapmiz desak bo'ladimi?

- Mezbonlar tarkibida yulduz futbolchilar bor. Bizdagi maqsad ham Superligaga qaratilgan.

- O'yinning 85-daqiqasidan boshlab jamoa hujumkorlikni oshirdi. Bu avvaldan tayyorlangan rejami?

- Bugun bizda 7-8 ta futbolchilarda shamollash bor edi. Taktikani shunga moslab tayyorgarlik ko'rdik.

- Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol. Jamoa o'z maydoniga qachon qaytadi?

- Maydonning o'zi qaytadan tayyorlandi. Rahbariyat hozir shuning ustida ishlayapti. Saratondan o'tib olsak, maydonimiz o'yinlar uchun tayyor bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика