Muhsin Nizomiddinov: "Bizga bitta aniq zarba etishmadi"
09 okt 2023 21:43
Yangiliklar
Muhsin Nizomiddinov: "Bizga bitta aniq zarba etishmadi"
Muhsin Nizomiddinov: "Superligaga chiqishni xohlagan ikki jamoa o'rtasida yaxshi bahs bo'ldi. Samarqanda muxlislar kelibdi, bizning ishqibozlar oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Bizga bitta aniq zarba etishmadi".
- Doniyor Ismoilovga so'nggi bahslarda kam imkoniyat beryapsiz...
- Futbolchiga bazida 5, bazida undan ko'proq imkoniyat beriladi. Doniyor to'liq tiklanib olgani yo'q. "Xorazm"dagi bahsni asosiy tarkibda boshladi. U hozircha o'yinimizga mos tushgani yo'q. Ismoilov yaxshi futbolchi, kelajagi porloq. Harakat qilishda davom etish kerak.
- "Qo'qon-1912"da Superligaga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun deyarli imkoniyat qolmadi. O'tish o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaysizmi?
- Muxlislarimiz uchun oxirigacha harakat qilamiz.
- Superligaga o'tish o'yinlari avvalgiga nisbatan ko'paytirildi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Pro ligadagi o'yinlar soni kamaygani tufayli shunday bo'ldi deb o'ylayman. Bu normal holat.
- Asadbek Zokirjonov bugun qo'rquv bilan harakat qildi...
- Yo'q, unday emas. "Dinamo"ning katta qismi legioner va tajribali futbolchilardan iborat. Biz ikkinchi davrada yoshlarga etibor qaratdik. Asad Odil Ahmedovga o'xshaydi. Unda qo'rquv yo'q. Balki biroz charchoq bordir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar