So’nggi yangiliklar

11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  5 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  9 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15

Muhsin Muhammadiev: "Menimcha birinchi gol urilganda o'yin qoidasi buzilgandi" Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: "Menimcha birinchi gol urilganda o'yin qoidasi buzilgandi"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev ishtirok etdi.




"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun 66-daqiqaga qadar yomon o'ynamadik. O'sha vaziyatda urilgan golni ko'rib chiqish kerak. Hozircha takroriy vaziyatni ko'rmadim, bazi savollarimiz bor. Umuman olganda jamoam oldindan tayyorlangan reja bo'yicha to'g'ri o'ynadi. Zamonaviy futbolda vaziyatlar, to'p bilan muomala qilishdagi ustunlik hisoblanmaydi", - deydi Muhsin Muhammadiev.

- Golgacha va goldan keyin "Buxoro" ikki xil futbol o'ynadi. Nimaga?
- Sababi birinchi gol futbolchilarga tasir qildi. Balki yigitlar tushkunlikka tushib qolishgandir. Menimcha o'sha vaziyatda o'yin qoidasi buzilgan edi.

- "Buxoro"da Lipartiya, Kapor kabi yaxshi legionerlar bor. Ammo negadir o'yin yaxshi chiqmayapti.
- "Paxtakor" bugungi kunda tarkib bo'yicha barchadan kuchli. Ularga qarshi ochiq futbol namoyish eta olmaymiz. Bugun biz juda to'g'ri taktika tanlagandik. Agar o'sha birinchi gol bo'lmaganida "Paxtakor"ga qiyin bo'lardi. To'g'ri biz kam hujum qildik, ammo takrorlayman "Paxtakor"ga qarshi hujumkor o'ynay olmaymiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика