So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Muhammadali O'rinboev: "Katta niyatlarimdan biri – "Manchester Siti" jamoasiga qo'shilish" Yangiliklar

Muhammadali O'rinboev: "Katta niyatlarimdan biri – "Manchester Siti" jamoasiga qo'shilish"

"Brentford B" safida harakat qilayotgan Muhammadali O'rinboev kuni kecha Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- "Manchester Siti" – "Brentford" o'yinidan oldin asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdingiz va "Etixad"ga bordingiz. Vaholanki, jamoaga qo'shilganingizga hali ko'p bo'lmagandi...

- "Manchester Siti" bilan o'yindan 3 kun oldin mashg'ulotlarga chaqiruv olgandim. Bilmadim, murabbiyga harakatlarim maqul kelganmi, lekin o'sha kunlarda asosiy jamoa bilan birga edim.

- O'zbekistondan Angliyaga yo'l oldingiz. "Brentford"da sizni hayron qoldirgan narsa bormi?

- Ichki muhit. Bundan tashqari, mashg'ulotdan oldingi va keyingi jarayonlar juda katta farq qiladi. Jamoaning sport zalidagi mashg'ulotlari, vitaminizaciya masalasi. 

- Hali yoshsiz va hozir Evropadasiz. Eng oliy maqsadingiz nima?

- O'ylashimcha, hali yoshman. Bu boshlanishi. Ulkan niyatlarim bor. Orzum – La Liga jamoalarida o'ynash, CHempionlar Ligasida qatnashish. Xudo xohlasa, katta niyatlarimdan biri – "Manchester Siti" jamoasiga qo'shilish. 

- Qaysi futbolchiga havas qilasiz?

- Kevin De Bryuyne. 

- "Brentford"ga 6 oylik ijara asosida yo'l olgansiz. SHartnomani uzaytirasizmi yoki boshqa jamoaga o'tasizmi?

- Hozir jamoa bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda bu bo'yicha xabar chiqadi. Qolishim ham mumkin, ketishim ham mumkin. Variantlar ko'p, o'zimizga maqulini tanlash arafasidamiz.

To'liq intervyu

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика