Muhammad Saloh Premer-ligadagi Ueyn Runi rekordini takrorladi
02 noy 09:56
Yangiliklar
Muhammad Saloh Premer-ligadagi Ueyn Runi rekordini takrorladi
APLning 10-turida “Liverpul”ning 33 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh “Aston Villa” darvozasiga gol urdi.
Squawka xabariga ko'ra, Saloh bitta klub uchun gol+pas bo'yicha rekordni yangiladi.
Hujumchining "Liverpul"dagi faoliyati davomida 276 ta golli harakat (188 ta gol va 88 ta golli uzatma) bor. Avvalgi rekord (276) Ueyn Runiga (183 gol va 93 golli uzatma) “Manchester Yunayted” safida to'p surgan vaqtida tegishli edi.
Shuningdek, misrlik futbolchi "Liverpul" safida 250 ta gol urgan uchinchi futbolchiga aylangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar