So’nggi yangiliklar

14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  8 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  13 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  5 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  2 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18

Mudofaa chizig'i vakillari katta sahnada yoxud Superliganing joriy mavsumdagi goleador himoyachilari Yangiliklar

Mudofaa chizig'i vakillari katta sahnada yoxud Superliganing joriy mavsumdagi goleador himoyachilari

Hujumchilarning vazifasi - gol urish.

Lekin futbol shunday sport turiki, unda gol uradigan futbolchi albatta, hujumchi bo'lishi shart emas. SHunday himoyachilar borki, ular bir mavsum davomida bir nechta hujumchidan ko'p to'p kiritishi mumkin. Demak, bugun joriy mavsum Superligada goleador bo'lib turgan himoyachilar haqida fikr yuritamiz. 

SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")

Statistikasi: 20ta o'yin, 3ta gol, 7ta assist

Ushbu mavsumda o'zining iqtidorini yorqin namoyon qilayotgan SHerzod Nasrullaev chempionatda poziciyasining kuchlisi ekanligini ko'rsatib ulgurdi. "Nasaf"da Farruh Sayfievdan so'ng chap qanotga munosib o'rinbosar etishib chiqdi, deya olamiz. Nasrullaevni terma jamoaga chaqirilishini barcha kutyapti. Balki Srechko Katanec navbatdagi yig'inlarda unga imkoniyat berar. Ayni paytda Superliga tugashiga 2ta tur qolganida 3ta gol, 7ta assist bilan goleador himoyachilar ichida birinchi o'rinni egallab turibdi. 

Ivan Yosovich ("Qo'qon-1912")

Statistikasi: 23ta o'yin, 4ta gol, 2ta assist

O'zbekistondagi ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich ro'yxatimizning ikkinchi pog'onasidan joy oldi. Markaziy himoyachi bo'lishiga qaramasdan, mavsum o'rtasida "Qo'qon-1912"ning muhim gollariga mualliflik qildi. Uning gollari jamoasiga kerakli ochkolarni taqdim qildi. 

Jamoliddin Ubaydullaev ("Mashal")

Statistikasi: 22ta o'yin, 3ta gol, 2ta assist

Aleksandr Xomyakov "Mashal"ning imkoniyatlaridan kelib chiqib ko'proq himoyaviy va qarshi hujumga asoslangan uslubni qo'llamoqda. SHuningdek, standart vaziyatlar orqali keskinlik yaratishga urinyapti. Muborakliklarning 19ta golidan 3tasiga Jamoliddin Ubaydullaev mualliflik qildi. Jamoadoshlarining esa 2ta goliga assistentlik qildi. 

Usmonali Ismonaliev ("Andijon")

Statistikasi: 20ta o'yin, 4ta gol, 1ta assist

"Andijon"ning tom manodagi etakchisi Usmonali Ismonaliev bo'ldi desak yanglishmaymiz. Safarda "Navbahor" va "Mashal" darvozasiga urgan gollari jamoaga tarixiy va o'ta muhim g'alabalarni olib keldi. "Andijon" tarixda ilk bor Namangan va Muborak shaharlaridan g'alaba bilan qaytdi. Aslida sof himoyachi bo'lgan Usmonali Viktor Kumikov kelgach hujumda o'ynay boshladi. 

Husniddin Aliqulov ("Nasaf")

Statistikasi: 20ta o'yin, 3ta gol, 1ta assist

Ikki mavsumdan beri "Nasaf"ning markaziy himoyasida ishonchli harakat qilayotgan Aliqulov o'zining kam sonli gollari bilan jamoasiga ochko olib berdi. Ayniqsa, AGMK bilan safarda kechgan bahsda so'nggi soniyalarda urgan goli "ajdarlar"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. "Qizilqum" va "Turon" darvozalariga yo'l topgan uchrashuvlarda ham hisobdagi ustunlik qarshiliklar tomonida bo'ldi.

Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912")

Statistikasi: 19ta o'yin, 3ta gol, 1ta assist

Goleador himoyachilar ro'yxatini "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov yakunlaydi. 2020 yilgi mavsumda 12ta gol (8tasi penaltidan) bilan Superliga to'purarlari qatoridan joy olgan himoyachi bu yil sermahsullik ko'rsata olayotgani yo'q. Ayrim pallalarda jarohat va boshqa sabablar to'purarlik xislatini ko'rsatishga to'sqinlik qilmoqda, deya olamiz. SHunday bo'lsa-da, ayni paytda 19ta o'yinda 3ta gol, 1ta assist natijasini qayd etib turibdi. 


SHuningdek, Sardor Rahmonov (AGMK), SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona"), Vladislav Kasminin ("Turon") – 2tadan golni o'z nomlariga yozdirib qo'yishdi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика