So’nggi yangiliklar

09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  2 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  12 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  3 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0

Mourinyuning MYUdagi safari qaridi Yangiliklar

Mourinyuning MYUdagi safari qaridi

"Manchester Yunayted" rahbariyati klub bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan hamkorlikni to'xtatdi.

Ko'pchilik kutgan va biroz kutilmagan istefo yuz berdi. Joze Mourinyu shogirdlari "Enfild" stadionida mezbonlar "Liverpul"ga qarshi deyarli hech narsa qila olmaganliklari va 28 yil ichida eng yomon mavsum startini amalga oshirganligi (mersisaydliklardan 19 ochko ortda bormoqda) "Manchester Yunayted" rahbarlarining sabr kosasini to'ldirib yubordi. Natijada, oradan bir kun o'tib, "Special One"ga chiqish eshiklari ko'rsatildi.  Mourinyuning o'z lavozimidan ozod etilishiga sabab bo'lgan "Enfild"dagi sharmandali uchrashuv statistikasi quyidagicha ko'rinish olgandi:

O'yin statistikasi

"Liverpul" – "Manchester Yunayted" 3:1

Zarbalar:
36-6
Uzatma aniqligi: 81%-65%
Havfli vaziyatlar: 21-5
To'p nazorati: 64%-36%

Mazkur g'alabadan so'ng, "Liverpul" 45 ochko to'plagan holda APLda peshqadamlik qilmoqda.
Mankunianliklarda 26 ochko mavjud va turnir jadvalining oltinchi pog'onasidan o'rin olgan.

Ikkala jamoa orasidagi farq 19 ochkoni tashkil etmoqda.

Musobaqa tarihida 17 turdan so'ng, ochkolar bo'yicha mazkur ikki klub orasidagi bunchalik katta farq birinchi marotaba kuzatilayotganini takidlash kerak.

Mourinyu MYUdagi o'z ish faoliyatini 2016 yil may oyida boshlagan edi. 2016/2017 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogi, Angliya Superkubogi va UEFA Evropa Ligasi sohibiga aylangan Mourinyu, Ser Aleks Fergyussondan keyin afsonaviy "Manchester Yunayted"ni qayta tiklay oladi degan fikrlar ko'plab mutaxassislar tomonidan bildirilgandi. Ammo, voqealar rivoji keskin boshqa tarafga o'zgarib ketdi va mankunianliklarda birin-ketin muammolar yuzaga kelishni boshladi.  

Akademiyadan etishib chiqayotgan yoshlarga imkon bermaslik, tajribali futbolchilar bilan nizolar va ularni o'yin amaliyotisiz qoldirish, hullas, portugaliyalik mutaxassis o'z uslubida yani o'z so'zida turib, hech kimni fikriga quloq solmasdan bilganicha ish olib bordi. Transferlar vaqtida 11 futbolchi (Ibragimovich, Pogba, Lukaku, Sanchez, Mxitaryan, Bayi, Dalot, Lindelyof, Fred, Matich, Li Grant) uchun chamasi 400 million funt mablag' sarflagan Mourinyu ushbu xaridlardan muxlislar kutganichalik naf chiqara olmadi. Birgina Aleksis Sanches hamda Romelu Lukakular bunga yaqqol misol bo'la oladi. SHu tariqa, "qizil iblislar"ning afsonaviy murabbiyi Fergyusson qurib ketgan jamoani na Moyes, na Van Gal, xattoki Mourinyu ham muvaffaqiyatli boshqara olmadi.

Endilikda The Guardian bergan malumotlarga ko'ra, muddatidan avval yakunlangan bitim uchun MYU portugaliyalik mutaxassis hisobiga 15 mln. funtga yaqin mablag' o'tkazib beradi.

Mankunianlar portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida APLda 67  ta g'alabaga erishdi. Mourinyu MYU ustoziga aylanganidan beri "Manchester Siti" (122ta), "Tottenxem" (102ta), "CHelsi" (100ta) va "Liverpul" (96ta) Angliya chempionatida "qizil iblislar"dan ko'proq g'alaba qozondi.

Klub o'rtacha har o'yinda 1,62ta gol o'tkazib yubordi, Devid Moyes qo'l ostidagi "Yunayted"ning natijasi 1,65 bo'lgan.

Joriy mavsum APLning 4 klubi ("Fulxem", "Kardiff", "Byornli" va "Sautgempton") Angliya chempionatida MYUdan ko'proq gol o'tkazib yubordi.

P.S. Murabbiylik faoliyatida ko'p sovrin yutgan va hamon ushbu sohada bo'lgan mutaxassislar: JOZE MOURINYU (25 ta), Pep Gvardiola (24 ta), Karlo Anchelotti (19 ta)


Nodir Abdurasulov  —  Telegramdagi kanalim

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика