Mourinyu: "O'shanda Gvardiolaga: "Bayram qilma, hali o'yin tugamadi", degandim"
22 may 2020 20:28
Yangiliklar
Mourinyu: "O'shanda Gvardiolaga: "Bayram qilma, hali o'yin tugamadi", degandim"
Yarim finalning ikkinchi o'yinida Mourinyuning "Inter"i yarim himoyachisi Tiago Motta birinchi bo'limda raqibi Serji Busketsga qarshi qo'polligi uchun qizil kartochka olgandi.
"Buskets yiqilgan paytida Motta chetlatilgan joydan hisoblasak, men o'zimiz va "Barselona" zaxira o'rindig'i o'rtasida edim.
Ko'z qirim bilan "Barselona"dagilar uchrashuvda g'alaba qilgandek nishonlashayotganini sezdim. Gvardiola Zlatan Ibragimovichni oldiga chaqirib, taktika haqida gapirayotgandi - yani, 11ga 10 taktikasi.
Gvardiolaga shunchaki: "Bayram qilma, o'yin hali tugamadi", deb aytganman xolos.
Bu hayotimdagi eng ajoyib g'alabalardan biri edi. Biz 0:1 hisobida yutqazmadik, 3:1 hisobida g'alabaga erishdik. Oddiy qilib aytganda qiyin vaziyatdan chiqib keta olgandik", - dedi Mourinyu.
Ikkinchi o'yinda "Inter" 0:1 hisobida yutqazdi, biroq ikki o'yin natijasiga ko'ra jamoa finalga yo'llanma oldi va yakunda chempionlikni qo'lga kiritdi.
Fikrlar