Mourinyu Ibanes haqida: "Men uchun u tanqidlardan holi o'yinchi"
09 noy 2022 19:49
Yangiliklar
Mourinyu Ibanes haqida: "Men uchun u tanqidlardan holi o'yinchi"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Italiya chempionatining 13-turi doirasida "Lacio"ga mag'lub bo'lgach (0:1), o'z shogirdi Rojer Ibanesni qo'llab-quvvatladi, aynan uning xatosi ushbu o'yindagi yagona golga sabab bo'lgandi.
“Bu erda ish boshlaganimning dastlabki kunidanoq bor kuchini bergan insonni juda hurmat qilaman. Biz g'alaba qozonganimizda, birga g'alaba qozonamiz. Mag'lubiyatga uchrasak, birga yutqazamiz. Men uchun u tanqidlardan holi o'yinchidir", - dedi Mourinyu.
“Roma” ayni damda Italiya chempionatining 13-turidan so'ng 25 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Mourinyu shogirdlari navbatdagi uchrashuvini bugun “Sassuolo”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar