Morata: “Isko – “Real” va terma jamoa uchun o'ta muhim futbolchi”
12 noy 2017 00:27
Yangiliklar
Morata: “Isko – “Real” va terma jamoa uchun o'ta muhim futbolchi”
“CHelsi” hujumchisi Alvaro Morata “Real” yarim himoyachisi Isko bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Men Iskoni hoziroq “CHelsi”ga olib kelgan bo'lardim. Ammo hozir u Madrid jamoasida hal qiluvchi rolni bajarmoqda. Terma jamoada ham u etakchi futbolchilardan biri. Agar u o'zini hal qiluvchi futbolchi sifatida his qilsa, Iskoni to'xtatib bo'lmaydi. U Madridda etakchilik qilayotganini butun dunyo ko'rib bilib turibdi.
Isko “Real” va Ispaniya termasi uchun muhim futbolchi. U o'yinni o'zgartirmoqda, natija ko'rsatayapti. To'p bilan shunchaki “raqs” tushmoqda. Bundan tashqari, Isko mening do'stim”, deydi Morata.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar