"Monako" direktori - CHuamenining kelajagi haqida: "Real" yoki "Liverpul", menga farqi yo'q"
24 may 2022 12:40
Yangiliklar
"Monako" direktori - CHuamenining kelajagi haqida: "Real" yoki "Liverpul", menga farqi yo'q"
"Monako" direktori Pol Mitchell jamoa yarim himoyachisi Orelen CHuamenining kelajagi haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, bu "Real" bo'ladimi yoki "Liverpul", farqi yo'q. Kerakli tovon puli doimo muhimroq. Taklif klubning eng yaxshi o'yinchilaridan birini sotishga ko'ndirish uchun juda ham yaxshi bo'lishi kerak", - deydi Mitchell.
O'yinchi joriy mavsum "Monako" safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt 22 yoshli xavbekni 40 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar